Kontent qismiga oʻtish

Boʻgʻin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo‘g‘indan yoʻnaltirildi)

Boʻgʻin (biologiyada) — umumiy ajdodlarga nisbatan bir xil qarindoshlik darajasiga ega boʻlgan bitta populyatsiyadagi individlar guruhi (masalan, odamlarda ota-onasi, bolalari, nevaralari 3 ta ketma-ket kelayotgan boʻg'indan iborat).

Boʻgʻin tushunchasi yil davomida bir vaqtning oʻzida rivojlanib chiqadigan individlarga nisbatan qoʻllanadi. Masalan, 2 yoki 3 boʻgʻinli (bir mavsumda tur 2 yoki 3-marta bolalaganida); bir yillik, ikki yillik, koʻp yillik boʻgʻin (bitta boʻgʻinning rivojlanishi 1,2 yoki koʻp yil davom etganida) boʻlishi mumkin. Boʻgʻinning hayot kechirish muddatlari ham bir turning muayyan individlari va ular yashaydigan sharoiti (iqlimi)ga moye holda juda keng chegarada oʻzgaradi. Masalan, bir hujayralilarda bir necha soatda, koʻp hujayralilarda hatto yuz yillab davom etadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil