Kontent qismiga oʻtish

Boʻr

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Bo‘rdan yoʻnaltirildi)

Boʻr — boʻsh sementlangan choʻkindi togʻ jinsi. B. boʻr davri iliq dengiz havzalarining 30–500 m va undan chuqurroq joylarida kokkolitoforid (70— 90%) va foraminifera (20% gacha) mikroorganizmlari qoldiqlaridan hosil boʻlgan. Rangi oq. Gil va qum qoʻshimchalari B.ga sargʻish yoki kulrang tuye beradi. B.da kremniy, pirit va fosforit gʻuddalari uchraydi. Kamdankam B.da mollyuskalar chigʻanoqlari, mshanka, dengiz tipratikanlari, marjon va boshqa skeletlari uchraydi.

B. mezozoy erasi boʻr davri jinslarida koʻp uchraydi. Ukraina (Donesk havzasi), Rossiya Federatsiyasi (Kursk, Voronej viloyatlari), Qozogʻistonda (Mangʻishloq) koʻp.[1]

  1. "Boʻr" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil