Kontent qismiga oʻtish

Safo Bogʻbekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bog‘bekov Safodan yoʻnaltirildi)

Safo Bogʻbekov (1903, Xiva 1978) — xivalik yogʻoch oʻymakori, Xiva badiiy oʻymakorlik maktabi vakili. Otasi usta Bogʻbek Abdurahmonov va oʻymakor usta Ota Polvonovdan hunar oʻrgangan. B. anʼanaviy islimiy naqshni rivojlantirdi. Jamoat va turar joy binolari uchun oʻyma naqshli eshik, ustunlar, namoyonlar, badiiy buyumlar (quticha, lavh va boshqalar) tayyorlagan. Navoiy teatri foyelari eshiklari (1945— 46, hamkorlikda), Urganch temir yoʻl vokzali binosi eshiklari (1951—52) ni badiiy oʻyma naqshlar bilan bezagan, "Oʻzbekiston" teploxodi ichki bezaklari (1970) va Urganchdagi "Inturist" mehmonxonasi tantanalar zali (1974) uchun namoyonlar yaratgan. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan. 18—19-asrlar Xiva meʼmoriy obidalarini taʼmirlashda qatnashgan. B. ishlaridan namunalar muzeylar (Toshkent, Moskva, SanktPeterburg va boshqalar)da saqlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil