Kontent qismiga oʻtish

Boj olinmaydigan savdo doʻkoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boj olinmaydigan savdo doʻkoni (inglizcha: Duty Free Shop) — O'zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining 174-moddasiga asosan Boj olinmaydigan savdo do‘koni tovarlarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi talablariga va shartlariga muvofiq bojxona nazorati ostida realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan savdo obyektidir. Boj olinmaydigan savdo do‘konining hududi savdo zallarining, yordamchi binolarning va do‘kon omborining hududlarini o‘z ichiga oladi.

Boj olinmaydigan savdo do‘konining ishlashini ta’minlash uchun zarur O‘zbekiston tovarlariga boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi qo‘llanilmaydi.

Boj olinmaydigan savdo do‘konlari uch turga bo‘linadi:

a) bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki O‘zbekiston tovarlarini O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga, shu jumladan joyning o‘zida iste’mol qilish uchun chakana sotishga mo‘ljallangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o‘tadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘koni;

b) chet davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga, ushbu tashkilotlarning chet ellik xodimlariga, shuningdek ular bilan birga yashaydigan va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan oila a’zolariga bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga mo‘ljallangan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘koni;

v) O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan, bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki O‘zbekiston Respublikasi tovarlarini milliy valyutada va (yoki) chet el valyutasida chakana realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan savdo do‘koni. Mazkur turdagi boj olinmaydigan savdo do‘konlari faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi[1].