Kontent qismiga oʻtish

Bojxona ittifoqi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Bojxona Ittifoqidan yoʻnaltirildi)
  Switzerland–Liechtenstein

Bojxona ittifoqi — ikki yoki undan ortiq davlatlar oʻrtasida oʻzaro bojxona chegaralarini bekor qilish, boshqa mamlakatlar uchun yagona boj tariflarini joriy etish toʻgʻrisidagi bitim; davlatlarning bojxona siyosati sohasida hamkorlikda faoliyat olib borish maqsadlarida birlashuvi. Bojxona ittifoqi asosan ittifoqqa aʼzo davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarning raqobatbardoshligini koʻtarish maqsadlarida boj undirish, aʼzo boʻlmagan davlatlarga nisbatan yuqori boj stavkalari masalalarini tartibga soladigan ikki yoki koʻp tomonlama bojxona konvensiyalari asosida tashkil etiladi.

Dastlabki Bojxona ittifoqi laridan biri Fransiya va Monako oʻrtasida tuzilgan (1865). 1924-yilda Shveysariya bilan Lixtenshteyn knyazligi oʻrtasida Bojxona ittifoqi vujudga keldi. Rivojlangan mamlakatlar oʻrtasidagi Bojxona ittifoqi ga Taʼriflar va savdo toʻgʻrisida Bosh kelishuv (1947; 1997-yildan Jahon savdo tashkiloti), Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (1957; 1995-yil dan Yevropa Ittifoqi), Yevropa erkin savdo uyushmasi (1960) misol boʻladi.

Hozirgi MDH doirasida 1997-yildya Rossiya bilan Belarus oʻrtasida, 1998-yilda Rossiya, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston oʻrtasida Bojxona ittifoqi yuzaga keldi. Oʻzbekiston Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston davlatlari oʻrtasida ham yagona iqtisodiy makon barpo etish maqsadlarida Bojxona ittifoqi tashkil etildi (1998).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil