Kontent qismiga oʻtish

Bolgʻalash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bolg‘alashdan yoʻnaltirildi)

Bolgʻalash — metallarga bolgʻa va bosqonlarda zarb va bosim bilan ishlov berish usullaridan biri. Qizdirilgan metallga bolgʻa (yoki bosqon)da koʻp marta uzlukli zarba berilsa, u deformatsiyalanib, asta-sekin maʼlum shakl va oʻlchamni oladi. Metall buyumlarni koʻplab va seriyalab ishlab chiqarishda shtamplarda bolgʻalash usuli qoʻllanadi. Bolgʻalashda choʻktirish (kirishtirish), choʻzish, tekislash, yoyish, teshish jarayonlari bajariladi[1].

  1. "Bolgʻalash" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil