Kontent qismiga oʻtish

Bomiyon Budda haykallari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Bomiyon Buddalaridan yoʻnaltirildi)

Bomiyon Buddalari (forscha: تندیس‌های بودا در باميان tandis-ha-ye buda dar bamiyaan) Afgʻonistonning Bomiyon viloyatida (Qobuldan 230 km shimoli-gʻarbda; dengiz sathidan 2500 metr balandlikda) boʻlgan Budda haykallari edi. VI asrda qurilgan bu obidalar qadimgi hind-yunon sanʼati namunasi sifatida UNESCO "Dunyo Meroslari" roʻyxatiga kiritilgan edi.

Haykallar vodiyni oʻrab turgan qoyalardan oʻyilgan boʻlib, yogʻoch karkaslar bilan mustahkamlangandi. Bir haykalning balandligi 55 m, ikkinchisiniki esa 37 m edi va shu tariqa dunyoning eng katta Budda haykallari hisoblanishardi.

Bomiyon Buddalari 2001 yil mart oyida ularni butparastlik alomati, deb izohlovchi tolibonlar tomonidan varvarlarcha portlatildi.

Tolibonlar Bomiyon Buddalarini dinamit bilan portlatishmoqda. 21-mart, 2001.

Ushbu harakat dunyo hamjamiyati va baʼzi islom mamlakatlari tomonidan qattiq qoralandi. Yaponiya va Sheysariya Buddalarni qayta qurish taklifini oʻrtaga qoʻyishdi.