Kontent qismiga oʻtish

Bopiliao tarixiy majmuasi

Koordinatalari: 25°2′11.000004000005″N 121°30′5.0000040000043″E / 25.03638889000000134°N 121.501388890000001197°E / 25.03638889000000134; 121.501388890000001197
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bopiliao Historic Blockdan yoʻnaltirildi)
Bopiliao tarixiy majmuasi
Umumiy maʻlumotlar
Shahar Taypey
Tuman Wanhua
Yaqin metro bekatlari Longshan ibodatxonasi metro bekati, Bannan liniyasi,Taypey metropoliteni

25°2′11.000004000005″N 121°30′5.0000040000043″E / 25.03638889000000134°N 121.501388890000001197°E / 25.03638889000000134; 121.501388890000001197

Bopiliao tarixiy majmuasi (xitoycha: 剝皮寮; pinyin: Bōpílíao; Pe̍h-ōe-jī: Pak-phê-liâu) – Tayvanning maʼmuriy markazi boʻlgan Taypey shahrining Wanhua tumanida joylashgan tarixiy koʻcha. Majmuada deyarli toʻliq bir yoki ikki qavatli gʻishtli binolar joylashgan, binolarning aksariyati 200 yil oldin qurilgan hamda hudud Tayvan shimolidagi eng qadimgi savdo tumanlaridan biri boʻlgan. Koʻchada muzeylar, doʻkonlar, oziq-ovqat rastalari va sanʼat koʻrgazmalari mavjud[1].

Bopiliao tarixiy majmuasi Sin sulolasi hukmronligi davrining boshida paydo boʻlgan boʻlib, Taypey shahrining Wanhua tumanidagi koʻp asrlik rivojlanishni aks ettiradi. Vaqt oʻtishi bilan Bopiliao tarixiy majmuasi turli tarixiy davrlarning, jumladan, Sin sulolasi, Yaponiya va Xitoy Respublikasi davlatlari taʼsiriga uchradi, natijada meʼmorchilik uslublari uygʻunlashdi[2].

Dastlab turli nomlar bilan atalgan bu hudud vaqt oʻtishi bilan hozirgi nomiga ega boʻldi. Biroq, Yaponiya imperiyasi hukmronligi davrida shaharni rivojlantirish uchun qilingan loyihalar hududni oʻzgartirib, uning savdo faolligini pasayishiga olib keladi. Shunday boʻlsa-da, qizil gʻishtli doʻkonlar va gʻarb uslubidagi binolar kabi oʻziga xos meʼmoriy jihatlari hamon saqlanib qolgan.[3].

Tumanda noyob joylar, jumladan, yongʻinga qarshi suv zaxirasi (rezervuari) va Yaponiya hukmronligi davrida yaratilgan trapetsiya shaklidagi maydon saqlanib qolgan. 1941-yilda Laosong boshlangʻich maktabini tashkil etish rejalari tasodifan hududning meʼmoriy xilma-xilligini saqlab qoladi[4].

1999-yilda Taypey shahar hukumati tashlandiq hududlarni oʻzlashtirish va rivojlantirish boʻyicha saʼy-harakatlarni boshlaydi. 2009-yilda nihoyasiga yetgan keyingi restavratsiya ishlari bu hududni madaniy markazga aylantirib, jamiyat eʼtiborini torta boshladi. „Monga“ filmining chiqishi jamiyatda hududga nisbatan qiziqishni yanada oshiradi[5].

2010-yilda Taypey shahar hukumati Wanhua tumani doirasidagi chegaralarini belgilab, Bopiliaoni tarixiy joy sifatida rasman tan oldi. Oʻzining jozibadorligini oshirish uchun majmua har biri oʻziga xos rivojlanish strategiyasiga ega boʻlgan sharqiy va gʻarbiy tomonlarga boʻlingan[6].

Bugungi kunda Bopiliao tarixiy majmuasida sanʼat koʻrgazmalari, kino namoyishlari va madaniy meros taʼlim dasturlari oʻtkazilmoqda. Ular tashrif buyuruvchilarga ushbu joyning betakror jozibasi bilan tanishish, shuningdek, qadimiy anʼanalar va zamonaviy yoʻnalishlarning uygʻunligini his etish imkonini beradigan boy va qiziqarli tajribani taqdim etishga qaratilgan.[7].

Tarixiy hududga Taypey metrosining Bannan liniyasi Longshan Temple Station (Longshan ibodatxonasi) metro bekati orqali boriladi.