Kontent qismiga oʻtish

Botniya qoʻltigʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Botniya qo‘ltig‘idan yoʻnaltirildi)

Botniya qoʻltigʻi – Boltiq dengizining shimoliy qismi, Shvesiya va Finlandiya oraligʻida. Maydoni 117 ming km². Uzunligi 668 km, eni 240 km gacha. Eng chuqur joyi shimolda 112 m, janubda 290 m. Gidrologik rejimi dengiznikiga oʻxshash. Suvining shoʻrligi shim.da 2—3‰, jan.da 5‰ gacha. Oktabr—iyun oylarida muzlaydi. Botniya qoʻltigʻiga kiraverishda Aland o.lari joylashgan. Asosiy portlari: Vasa, Oulu (Uleaborg), Pori (Finlandiya); Luleo, Sundsvall (Shvesiya)[1].

  1. "Botniya qoʻltigʻi" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil