Kontent qismiga oʻtish

Metilbromid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Brommetildan yoʻnaltirildi)

Metilbromid, brommetil (SN3Vg) — fumigant. Bir oz hidli, rangsiz yoki sargʻimtir suyuklik; taʼsir qiluvchi moddasi — 98,5%. Juda uchuvchan va kuchli bugʻlanish xususiyatiga ega. M.dan oziq-ovqat va yem uchun moʻljallangan don omborlarini zararsizlantirishda, hasharot va kanalarga qarshi, koʻchatlar, kema tryumlari hamda temir yoʻl vagonlaridagi karantin obʼyektlarga qarshi, shuningdek, yangi kuritilgan meva va sabzavotlarga ishlov berishda foydalaniladi. Omborlarni fumigatsiya qilish uchun sarf normasi — 25—35 g/m3; dimlash muddati (ekspozitsiya) — 1—2 sutka; karantin obʼyektlarga qarshi sarf normasi —30—100 g/m3. Zahari kuchli. Kalamushlarda nafas yoʻllari orqali OʻD50 2,3 mg/l. M. bilan ishlaganda protivogaz kiyish shart.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil