Boris Brovsin
Qiyofa
(Brovsin Boris Vasilevichdan yoʻnaltirildi)
Boris Vasilyevich Brovsin (1903. 20.9, SanktPeterburg — 1987.15.1, Toshkent) — rus kompozitori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1973). Leningrad konservatoriyasini tugatgan (1932). 1939-yildan Oʻzbekiston radiosi simfonik orkestrining bosh dirijyori. Asosan cholgʻu va musiqali teatr uchun asarlar yaratgan. Simfonik orkestr uchun "Fargʻona syuitasi" (Yunus Rajabiy bilan hamkorlikda), "R. Zorge xotirasiga" simfonik poema, simfoniya, skripka va orkestr uchun konsertlar muallifi. U oʻzbek musiqa merosi va bastakorlar ijodiga xos ohanglariga tayanib, "Tohir va Zuhra" (T. Jalilov bilan, 1951, 3tahriri 1968), "Dahshatli kunlarda" (1984) operalari va "Semurgʻ" baletini yaratgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |