Kontent qismiga oʻtish

Bruce Lee haykali

Koordinatalari: 43°20′34″N 17°48′15″E / 43.3428°N 17.8042°E / 43.3428; 17.8042
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bruce Lee haykali (Mostar)dan yoʻnaltirildi)
Bruce Lee haykali
Joylashuvi Bosniya va Gersegovinaning Mostar shahri, Zrinjevac shahar bogʻi
Koordinatalar 43°20′34″N 17°48′15″E / 43.3428°N 17.8042°E / 43.3428; 17.8042
Turi haykal
Haykaltarosh Ivan Fijolić
Asos solinishi 25-noyabr 2005-yil
Tugatilishi 4-mart 2024-yil
Mashhur kishilari Bruce Lee
Holati buzilgan
Balandligi 1.68 m (5 ft 6 in)


Bruce Lee haykali 2005-yil 26-noyabrda Bosniya va Gertsegovinaning Mostar shahrida haykaltarosh Ivan Fijolić tomonidan yasalgan. Zrinjevac shahar bogʻida joylashgan haykal balandligi 1.68 m (5 ft 6 in) ni tashkil qiladi, Bruce Leening haqiqiy boʻyi 1.72 m (5 ft 8 in) dan pastroq boʻlgan[1]. Haykal etnik jihatdan boʻlingan shaharda birdamlik ramzi boʻlib, u 2024-yilning 4-martida oʻgʻirlab ketilgan va keyinchalik boʻlaklarga boʻlingan holda topilgan[2][3].

Haykal Bruce Lee xotirasiga bagʻishlab yasalgan birinchi jamoat yodgorligi hisoblanadi. Gonkongdagi haykal ochilishi bir kun keyin boʻlib oʻtgan. Mazkur marosim asli Gonkonglik boʻlgan amerika fuqorosiga aylangan yulduzning 65 yoshini nishonlashi munosabati bilan amalga oshirilgan[4].

Haykal loyihasiga Nino Raspudić va Veselin Gatalo hamkorligidagi Mostar Urban Harakati boshchilik qilgan, ular haykalni „yuqori ulugʻvorlikni ommaviy madaniyat va kung-fu bilan aralashtirib, eski va yangi ramzlarni uygʻunlashtirishga urinishi“ deb tariflashgan. Etnik boʻlinishlar sababli urushda parchalanib ketgan shaharda dinamik kino yulduzi „sodiqlik, mahorat, doʻstlik va adolat“ ramzi boʻlgan. Ochilish davomida Vaselin Gatalo „Bruce Lee ikkinchi jahon urushi paytida nima qilganini hech kim soʻray olmaydigan darajada uzoqda boʻlgan“ va „yaxshi odamlar gʻalaba qozonishi mumkin boʻlgan umuminsoniy adolat gʻoyamizning bir qismidir“ degan fikrlarni aytgan[5]. Lee asli xitoylik, jang sanʼati boʻyicha mashhur aktyor boʻlsa ham, Mostar aholisi orasidagi tafovutni bartaraf eta oladigan bir narsani oʻzida ifodalagan: „Barchamizdagi umumiy narsa bu — Bruce Lee“[4].

Haykalning ochilish marosimiga Bruce Leening mahalliy muxlislari, loyihani moliyalashtirgan Germaniya hukumati vakillari, shuningdek, Xitoy rasmiylari tashrif buyurishgan[4]. Jang sanʼati Gertsegovinadagi yoshlar orasida mashhur, ayniqsa aralash yakkakurash sanʼati keng ommalashgan. Bu yoʻnalish boʻyicha xorvatiyalik Mirko Filipović xalqaro yulduz hisoblanadi.

Koʻp oʻtmay, haykal taʼmirlash uchun olib tashlangan vaqtda buzib tashlangan va 2013-yil may oyining oxirida qayta oʻz joyiga oʻrnatilgan[6][7]. Bosniyaliklar ham, xorvatlar ham haykalni provokatsiya deb shikoyat qilishgan, chunki ular jangovar pozitsiyada turgan haykalni oʻz shaharlari tomon yoʻnaltirilgan deb oʻylashgan. Shuning uchun, loyiha ijodkorlari haykalni neytral tomonga burishgan[8].

2024-yilning 3-martida haykal oʻgʻirlab ketilgan va u 6 kundan keyin politsiya tomonidan topilgan. Oʻgʻri uni boʻlaklarga boʻlib, metallolom sifatida sotishni rejalashtirgan. Ammo bu ishni qilishga ulgurmasdan gʻoyib boʻlgan[2][3].

  1. „How Tall Is Bruce Lee?“. 2020-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 „Iz parka v Mostarju izginil kip Brucea Leeja | 24ur.com“ (sl). www.24ur.com. Qaraldi: 2024-yil 3-aprel.
  3. 3,0 3,1 „Feldarabolva találták meg Bruce Lee mostari szobrát“ (hu). 24.hu (2024-yil 9-mart). Qaraldi: 2024-yil 3-aprel.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Bosnia unveils Bruce Lee bronze“. BBC News (2005-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2010-yil 13-may.
  5. „Mostar's Little Dragon: How Bruce Lee became a symbol of peace in the Balkans“ (2006-yil aprel). Qaraldi: 2007-yil 13-sentyabr.
  6. „The Lost Bruce Lee Sculpture of Mostar“. Qaraldi: 2010-yil 9-sentyabr.
  7. „IMG MGMT: Turbo Sculpture“ (2009-yil 24-avgust). Qaraldi: 2010-yil 9-sentyabr.
  8. Bilefsky, Dan. „Balkans' Idolatry Delights Movie Fans and Pigeons“. The New York Times (2007-yil 11-noyabr).