Kontent qismiga oʻtish

Bruce E.Melnick

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bryus Edvard Melnickdan yoʻnaltirildi)
Bruce Melnick
Tavalludi
Bruce Edward Melnick

5-dekabr 1949-yil (1949-12-05) (75 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Astronavt
Kosmik karyera
Daraja Commander, USCG
Kosmosdagi vaqt
12 kun 23 soat27 daqiqa
Missiyalar STS-41, STS-49
Missiya belgisi

Bruce E. Melnick (1949-yil 5-dekabrda tugʻilgan) – isteʼfodagi amerikalik astronavt va sobiq Qoʻshma Shtatlar qirgʻoq qoʻriqlash xizmati xodimi. NASA va qirgʻoq qoʻriqlash xizmatidan nafaqaga chiqqanidan soʻng, u aerokosmik sanoat sohasiga kirib kelgan. Bruce Boeing kompaniyasining integratsiyalashgan mudofaa tizimlari boʻlimida vitse-prezident boʻlib, John Kennedy nomidagi kosmik markazda (KSC) Boeing kompaniyasining Florida shtatidagi loyihalariga rahbarlik qilgan. Melnick 2008-yilda nafaqaga chiqqan hamda bugungi kunda Florida shtatidagi Merritt orolida istiqomat qiladi.

Yoshlik yillari va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Melnick 1949-yil 5-dekabrda Nyu-York shahrida tugʻilgan, ammo Florida shtatidagi Clearwaterni oʻzining ona shahri deb bilgan. 1967-yilda Clearwater shahridagi oʻrta maktabini tamomlagan. Bir yil davomida Jorjiya Texnologiya Institutida tahsil olgan va 1972-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlar qirgʻoq qoʻriqlash akademiyasida muhandislik boʻyicha bakalavr darajasini hamda 1975-yilda Gʻarbiy Florida universitetida havo tizimlari boʻyicha magistrlik darajasini olgan. Bruce 2001-yil 28-aprelda Gʻarbiy Florida universitetining faxriy fan doktori unvoni bilan taqdirlangan[1].

Qirgʻoq mudofaa xizmatidagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Melnick Qoʻshma Shtatlar qirgʻoq qoʻriqlash xizmatida 20 yil xizmat qilgan va qoʻmondon darajasigacha koʻtarilgan. Uning vazifalari Texasning Grand Prairie shahridagi Qirgʻoq mudofaasining aviatsiya dasturi boshqarmasida operatsiyalar boʻyicha ofitser va katta sinov uchuvchisi sifatida xizmat qilishdan iborat boʻlgan. Bu lavozimda u HH-65 Dolphin vertolyotining bir qancha takomillashtirish testlari hamda barcha qabul sinov parvozlarini, shu jumladan dengiz sinovlarini oʻtkazgan, shuningdek, HH-65 uchish qoʻllanmasini ham yozgan.

Qirgʻoq mudofaasidagi xizmati davomida Melnick koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan ikki marta „Mudofaa Xizmatlari uchun“ medali, ikki marotaba „Qahramon Uchuvchi“ koʻkrak nishoni va „Transport Kotibiyati qahramonligi“ mukofotini olgan.

1992-yilda u AQSH qirgʻoq mudofaa akademiyasining „Faxrli Bitiruvchisi“ mukofotiga sazovor boʻlgan. U asosan HH-3F Pelican, HH-52 Sea Guard, HH-65 Dolphin va T-38 Talon samolyotlarida jami boʻlib 5000 soatdan ortiq vaqt davomida parvoz qilgan. Melnick AQSH qirgʻoq qoʻriqlash xizmatidan nafaqaga chiqqan va 1992-yilning iyul oyida NASAni tark etgan[1].

NASAdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Melnick 1987-yilda NASA tomonidan tanlab olingan. U kosmik dasturlarda qatnashgan hamda fazoga chiqqan birinchi qirgʻoq mudofaasi uchuvchisi boʻlgan. Qoʻmondon Melnick AQSH qirgʻoq qoʻriqlash xizmati kasbidan nafaqaga chiqqan[1].

Melnick STS-41da missiya mutaxassisi boʻlib ishlagan[2]. Bruce 1990-yil 6-oktabrda UTC vaqti bilan 11:47:15 da LC-39Bdan parvoz qilgan. Missiyaning asosiy maqsadi Ulysses kosmik kemasini joylashtirish boʻlgan[3]. Yevropa kosmik agentligi (ESA) bilan hamkorlikda Quyoshning turli kengliklardagi faoliyatini kuzatgan[4].

STS-41 missiyasi 1990-yil 10-oktabrda UTC vaqti bilan taxminan soat 13:57:19 da Edwards havo kuchlari bazasidagi 22-qoʻnish yoʻlagiga Discoveryning muvaffaqiyatli qoʻnishi bilan yakunlangan.

Melnick yana STS-49 missiyasi davomida missiya mutaxassisi boʻlib xizmat qilgan.

Missiyaning asosiy maqsadi toʻxtab qolgan VI sunʼiy yoʻldoshini tutish va taʼmirlash boʻlgan. Sunʼiy yoʻldoshni olish, taʼmirlash va qayta joylashtirish uchun bir nechta kosmik yurishlar amalga oshirilgan[5]. Missiya davomida birinchi marta uch kishilik kosmik manyovr amalga oshirilgan. Bu sunʼiy yoʻldoshni qoʻlga kiritish paytida yuzaga kelgan muammolarning kutilmagan muvaffaqiyatli yechimi boʻlgan. Ushbu kosmik manyovrlar orbitada xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha yuqori texnik mahorat namoyish etgan hamda oʻsha paytda eng uzoq davom etgan kosmik parvozlar boʻyicha rekord oʻrnatgan[5].

STS-49 1992-yil 16-may kuni UTC vaqti bilan soat 20:57:38 da Edwards havo kuchlari bazasidagi 22-qoʻnish yoʻlagiga Endeouverning xavfsiz qoʻnishi bilan yakunlangan.

Aerokosmik sanoatdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Melnick John Kennedy kosmik markazida Boeing Florida kompaniyasining operatsiyalari boʻyicha vitse-prezidenti boʻlgan. Melnick rahbarlik qilgan tashkilot Boeing Integratsiyalashgan Mudofaa Tizimining bir qismi boʻlib, shtatdagi Boeing dasturlarini turli xil koʻrinishda qoʻllab-quvvatlagan. Shtab-kvartirasi Florida shtatining Titusville shahrida joylashgan bu tashkilotda taxminan 2400 nafar xodim mehnat qilgan. Floridadagi Boeing tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar qatoriga NASA va Mudofaa vazirligining kosmik kemalari, Xalqaro kosmik stansiya va Delta raketa dasturlari uchun muhandislik, obyektlar boʻyicha va texnik jihatdan xizmat koʻrsatish kirgan. Melnick, shuningdek, Floridadagi kompaniya uchun yangi biznes gʻoyalar topish ishlariga ham mas’ul boʻlgan.

Melnick avval Boeing kompaniyasining vitse-prezidenti lavozimida ishlagan boʻlib, kosmik markazda NASA bilan tuzilgan shartnomaga koʻra, zarur yuklar boʻyicha yerda olib boriladigan operatsiyalarni 1600 nafar xodimga rahbarlik qilgan holda bajargan. Mazkur shartnoma kosmik kemalar va/yoki zarur yuklarni kosmik parvozlardan oldin va keyin tayyorlash bilan bogʻliq barcha muhandislik ishlari hamda texnik xizmat koʻrsatish faoliyatlarini qamrab olgan. Shuningdek, boʻlim NASA va uning hamkorlariga Xalqaro kosmik stansiya uskunalari boʻyicha yordam koʻrsatgan.

Boeingga qoʻshilishdan oldin (oʻsha paytda McDonnell Duglas), Melnick 1994-yildan 1996-yilgacha sobiq Lockheed Martin kosmik operatsiyalari rahbari boʻlgan Birlashgan Koinot Hamjamiyati kompaniyasida shuttle kemasi muhandisligi boʻyicha vitse-prezident boʻlgan. 1992-yildan 1994-yilgacha Bruce Lockheed Space Operations kompaniyasida ish jarayonlarini yaxshilash texnologiyasi boʻyicha direktor lavozimida ishlagan[1].

Aʼzo boʻlgan jamiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • USCG Akademiyasi bitiruvchilari uyushmasi
  • USCG Qadimgi Pterodactyl ordeni
  • USCG Aviatsiya shon-sharaf zali
  • Amerika Aeronavtika va Astronavtika Instituti
  • Kosmik tadqiqotchilar uyushmasi
  • Sohilni muhofaza qilish uyushmasi
  • Dastlabki dengiz aviatorlari
  • Florida sport baliqchilik uyushmasi
  • Raketa, kosmik va masofali kashfiyotchilar
  • Milliy boshqaruv assotsiatsiyasi
  • Dengiz aviatsiyasi muzeyi fondi
  • Shimoliy Amerika ovchilar klubi
  • Amerika Qoʻshma Shtatlari Kosmik Jamgʻarma
  • Fuqarolik harbiy kengashi

Direktorlar kengashlari:

  • Astronavtlar memorial planetariysi
  • Crosswinds yoshlarga xizmat koʻrsatish korporatsiyasi
  • Milliy kosmik klubi
  • Florida kosmik tadqiqot instituti
  • Florida kosmik boshqarmasi
  • Iqtisodiy rivojlanish komissiyasi
  • Kosmik qirgʻoq muhofazasi jamgʻarmasi

Boshqaruv kengashi:

  • Brevard jamoat kolleji fondi

Maslahatchilar kengashlari:

  • Markaziy Florida Universiteti, Muhandislik kolleji
  • Florida Texnologiya Instituti, Biznes kolleji
  • Gʻarbiy Florida Universiteti, fanlararo instituti
  • Embry Riddle Aeronavtika Universiteti, Aeronavtika muhandisligi
  • Inson va mashinalar idrokini oʻrganish fanlari
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Lyndon B. Johnson Space Center. „Bruce E. Melnick“ (PDF). Biographical Data. NASA (2010-yil iyul). 2021-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "bio" defined multiple times with different content
  2. Ryba. „STS-41“. Mission Archives. NASA (2010-yil 18-fevral). 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  3. Andoza:Cite tech report
  4. „Ulysses“. Science & Technology. ESA. 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
  5. 5,0 5,1 Ryba. „STS-49“. Mission Archives. NASA (2010-yil 2-aprel). 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.