Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Butlerov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Butlerov Aleksandr Mixaylovichdan yoʻnaltirildi)

Aleksandr Mixaylovich Butlerov (1828.25. 8 (6. 9), Chistopol shahri 1886. 5 (17). 8, Butlerovka qishlogʻi, hozirgi Tatariston Respublikasi) – rus kimyogari, N. N. Zmniining shogirdi. Qozon universitetini bitirgan (1849). Peterburg universiteti professor(1869-yildan), Peterburg Fanlar Akademiyasi ordinator akademik (1874-yildan). Organik moddalarning kimyoviy tuzilishi nazariyasi asoschisi. Bu nazariyaga koʻra organik moddalarning xossalari molekulalardagi atomlar bogl’ari tartibi, tuzilishi hamda ularning oʻzaro taʼsiriga muvofiq aniqlanadi. Birinchi boʻlib izomeriya hodisasini tushuntirib bergan (1864). Izobutilen polimerizatsiyasini kashf etgan. Uchlamchi butil spirt (1864), izobutan (1866) va izobutilenlarni (1867) sintez qilib, ularning tuzilishini aniqlagan. Bogʻdorchilik, asalarichilik, kavkazda choy yetishtirish bilan ham shugʻullangan[1].





  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil