Kontent qismiga oʻtish

Nefrit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Buyrak yallig‘lanishidan yoʻnaltirildi)

Nefrit (yunoncha nephros – buyrak; nefritning mayda toshlari buyrak shaklida boʻlganligidan qadimda oʻsha toshlar buyrakni davolash xususiyatiga ega deb ishonganlar, nomi shundan) (geologiyada) – mineral, tremolit-aktinolit qatoridagi amfibollarning mikrotolali turi, Sa2 (Mg, Fe), [Si4Ou]2(OH, F) 2) Juda ingichka tolalari chigallashib ketgan agregat qolida uchraydi. Nefritning qovushqorligi va qattiqligi chigal tolali agregatlari mikrostrukturasi bilan bogʻliq. Rangi (sutrang-oq, och yashildan yashil va qoʻngʻir yashilgacha) Cr3,Fe2+ va Ni2+ apalashmalariga bogʻliq. Nefrit kam hollarda kulrang, tutunrang, oq yoki qora rangda uchraydi. Qattiqligi 5,5—6,5. Zichligi 2900–3000 kg/m3. Yaxshi silliqlanadi. Nefritdan juda qadimiy davrdan qurol. bezak tosh, dekorativ badiiy buyumlar yasashda foydalanilgan. Amir Temur sagʻanasiga oʻrnatilgan tosh ham nefritda ishlangan. Nefrit Xitoy, Hindiston, Myanma kabi mamlakatlar madaniy tarixida muhim oʻrinni egallaydi – imperator va yuqori martabali toʻralarning ajralib turish belgisi hisoblangan. Qimmatbaho zargarlik toshlaridan biri. Tabiatda serpentenit, piroksenli va amfibolli kristallik slanetslar va boshqalarning metamorfizmlanishidan hosil boʻladi. Nefrit, asosan, allyuvia yotqiziqlardan mayda tosh va harsajtosh koʻrinishida ajratib olinadi. Yirik konlari Yorkend, Xotan daryolari havzasida, Baykal koʻli yaqinida, Yangi Zelandiya orolida va boshqa joylarda topilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil