Kontent qismiga oʻtish

Berd

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Byord Richarddan yoʻnaltirildi)

Berd (armancha: Բերդ)—Armanistonning Tavush viloyati Berd munitsipalitetidagi shaharcha va shahar munitsipalitet hisoblanib, shahar Tavush daryosining gʻarbida, Yerevandan 211 kilometr (131 milya) uzoqlikda joylashgan, past togʻlar bilan oʻralgan. Shahar yaqinida Tavush qalasi (10-asr) va Nor Varagavank va Xoranashat monastirlari (12-asr) xarobalari joylashgan orin. Yaqin atrofdagi boshqa monastirlarga Shxmuradi, Srveghi va Kaptavank kiradi.

Berd (arman. բերդ)—qal’a yoki qasr maʼnosini bildiradi. Kichkina shahar Berd nomini oldi, chunki Tavush qalasi xarobalari Berdning chekkasida joylashgan edi[1]. Shahar ilgari Berdagʻugʻ, Gammaʼ, Tavuzgʻala, Tauzkend, Volorut, Shlorut va Gʻalakyand deb atalgan.

Berddagi Surb Govhannes cherkovi

Tarixdan, hozirgi Berd hududi Buyuk Armanistonning 12 provenciyasi Utikning Tuchkatak okrugi tarkibiga kirgan.

Berdning tarixiy maʼnosi ham bor boʻlib, chunki 10-asrda u Armaniston shohi Ashot Yerkatning (Iron) qarorgohi boʻlgan. Shuningdek, qala oʻzining yangi ishlab chiqilgan suv taʼminoti tizimi bilan ham noyob edi[1].

Shahar 2020 yilgi Armaniston Ozarbayjon toʻqnashuvi paytida bombardimon qilingan.

2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shahar aholisi 7,957 kishi boʻlgan.

Aholisining asosini armanlar tashkil etadi. Lekin shaharchada 200 ga yaqin udis istiqomat qiladi, ular ham Avliyo Arman cherkoviga tegishli.

Berd shahri va uning atrofidagi hududlar Armanistonda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi yirik markaz hisoblanadi. Atrofdagi xoʻjaliklarda meva, tamaki va boshqa turli xil ekinlar yetishtiriladi. Berdning boshqa mashhur tarmoqlaridan biri bu vinochilik, asalarichilik va chorvachilikni oʻz ichiga oladi.

  1. 1,0 1,1 Global. „Berd“ (en). armeniadiscovery.com. Qaraldi: 2022-yil 21-noyabr.