Canelones departamenti
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Canelones departamenti Canelones | |
---|---|
34°31′0″S 56°17′0″W / 34.51667°S 56.28333°W | |
Mamlakat | Urugvay |
Asos solingan | 1816-yil |
Aholisi | 520,187 |
Vaqt mintaqasi | UTC-3:00 |
|
Canelones departamenti (talaffuzi:kaneˈlones) – Urugvay davlati departamentlaridan biri. Maydoni 4,536 km², aholisi esa 518,154 kishidan iborat. Urugvayning janubida joylashgan ushbu departamentning poytaxti Canelones shahridir.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Canelones departamenti sharqda Maldonado va Lavalleja, shimolda Florida, gʻarbda San jose va janubda Montevideo departamentlari bilan oʻzaro chegaralarga ega. Janubiy chegaraning bir qismi Rio de la Plata bilan ham tutashgan. Canelones Montevideodan keyin mamlakatning ikkinchi eng kichik departamenti, ammo aholi soni boʻyicha Urugvayda ikkinchi oʻrinda turadi.
Ushbu departament biroz namroq boʻlgan mintaqada joylashgan boʻlib, oʻrtacha harorat mamlakatning qolgan qismlariga nisbatan past (taxminan 15 °C). Yogʻingarchilik darajasi esa yiliga oʻrtacha 2,000 mmni tashkil qiladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Canelones 1830-yilda tashkil etilgan dastlabki toʻqqizta departamentlardan biri. Hozirgacha uning chegaralari deyarli oʻzgarmadi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloq xoʻjaligi Canelones iqtisodiyotiga asosiy hissa qoʻshadigan sohalardan biridir. Uzum yetishtirish keng tarqalgan va bu hudud Urugvayning rivojlanayotgan vino sanoatiga katta hissa qoʻshmoqda. Bundan tashqari, boshoqli don ekinlari, asosan makkajoʻxori, turli xil meva va sabzavotlar yetishtiriladi. Turizm ham departamentga katta daromad keltradigan sohalardan biri hisoblanadi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilgi aholini roʻyxatga olishda Canelones departamentida 520,187 aholi va 222,193 xonadonlar mavjud boʻlgan[1]. Uy xoʻjaliklari oʻrtacha 2-3 kishidan iborat boʻlgan. Canelones departamentida 48,219 (9,3%) nafar qishloq aholisi borligi qayd etilgan[1].
Canelones departamenti uchun 2010-yildagi demografik maʼlumotlar[2][3]:
- Aholi oʻsish darajasi: 1095%
- Tugʻilish darajasi: 14,83 tugʻilish/1000 kishi
- Oʻlim darajasi: 8,45 oʻlim/1000 kishi
- Oʻrtacha yoshi: 32,9 (31,4 erkak, 34,3 ayol)
- Tugʻilganda kutilayotgan umr koʻrish
- Umumiy aholisi: 76,37 yosh
- Erkak: 72,95 yosh
- Ayol: 80.00 yil
- Uy xoʻjaligining oʻrtacha daromadi: oyiga 25,087 peso
- Aholi jon boshiga shahar daromadi: oyiga 10,015 peso
|
|
|
Munitsipalitetlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yil 15-martda 18.653-sonli Ley qonuni bilan Canelones departamentida quyidagi munitsipalitetlar tashkil etildi[4]:
Manba: Intendencia Municipal de Canelones[5][6].
|
|
|
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Censos 2011 Canelones (flash plugin needed)“. INE (2012). 2012-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
- ↑ „Uruguay en cifras“ (es) (PDF). INE (2011). Qaraldi: 2012-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Censos 2011 Cuadros Canelones“. INE (2012). 2012-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
- ↑ „Ley Nº 18.653“. República Oriental del Uruguay, Poder Legislativo (2010). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Municipios Canarios“. Comuna Canaria (2012). Qaraldi: 2012-yil 11-sentyabr.
- ↑ „ELECCIONES - Canelones“. El Observador. 2012-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-fevral.