Kontent qismiga oʻtish

Klavesin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Chembalodan yoʻnaltirildi)

Klavesin, chembalo [frans. clavecin, ital. cembalo, lotincha clavicymbalum — klavishli simbala (changeimon musiqa cholgʻusi) soʻzidan]— klavishli torli-tirnama musiqa cholgʻusi. 16-asrdan maʼlum. Hozirgi fortepiano (royal)ning oʻtmishdoshi. Klavishlar bosilishi natijasida torlari pat yoki teridan ishlangan mizroblar yordamida tirnaladi, natijada jarangdor, ammo kuchsiz, dinamikasp deyarli oʻzgarmaydigan tovush hosil qilinadi. 17—18-asrlar davomida K.ning shakl qiyofasi hamda klaviaturalar soni oʻzgargan, pay torlari sim torlar bilan almashtirilgan, diapazoni 5 oktavagacha kengaygan, vyordjinel, spinet, klavitsiterium kabi turlari vujudga kelgan. Bunday K.lar uchun I. S. Bax, U. Byord, G. Gendel, D. Skarlatti, F. Koʻperen, J. Ramo kabi kompo-zitorlar yuksak badiiy asarlar yaratishgan, Angliya, Fransiya, Italiya K. maktablari yuzaga kelgan. 18-asr oxiridan K. oʻrnini fortepiano egalladi. Lekin 20-asr boshidan K. hamda aynan uning uchun muljallangan musiqaga yana qiziqish tugʻilib, u baʼzi cholgʻu ansambl hamda orkestrlar (mas, "Turkiston" kamer orkestri) tarkibiga kiritildi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil