Kontent qismiga oʻtish

Chana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chenadan yoʻnaltirildi)

Chana, chena — asosan, qor va muz sirtida sirpanib yuriladigan gʻidsiraksiz aravacha. Usti ochiq, yopiq (kajavali), soyabonli va boshqa xillari bor. Sirpangʻich yogʻoch (changʻi) ustiga oʻrnatilgan korpusdan iborat. Baʼzan, sirpangʻich yogʻoch tagiga metall ham qoplanadi. Chanadan transport va sport vositasi, bolalar oʻyinchogʻi sifatida foydalaniladi. Chanani odam, ot, bugu, itlar va hatto gʻozlar tortib yurishi mumkin. Asosan, qish uzoq davom etadigan va qor koʻp yogʻadigan shimol mamlakatlarida keng tarqalgan. Qadimgi [[Misr]?, Rus va boshqa baʼzi mamlakatlarda chana dafn marosimlarida ham qoʻllangan. Oʻzbekiston hududida, asosan, bolalar va sport chanasi ishlatiladi. Chananing 6 — 8 sportchiga moʻljallangan "chanaqayiq" rusumli sport turi rezinapolimer materiaddan tayyorlanadi.