Kontent qismiga oʻtish

Chigʻanoq

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Chig'anoqdan yoʻnaltirildi)

Chigʻanoq — koʻpgina umurtqasiz hayvonlarning tanasini qoplab, himoya funksiyasini bajaruvchi skelet tuzilmasi. Odatda, Ch. tanaga zich yopishib turmaydi va undagi teshikdan organizm qisman tashqariga chiqishi mumkin. Asosan, kaltsiy karbonat yoki qum, diatomlar zirhi, bulutlar ignasi va boshqa aralashgan organik moddalardan iborat. Ch. baʼzi bir hujayrali hayvonlar, koʻpchilik mollyuskalar, shuningdek, boʻgʻimoyoqlilar va yelka oyoklilar uchun xos. Ch. yaxlit yoki bir necha kamerali boʻladi. Kattaligi 50 mkm dan (foraminiferada) bir necha sm gacha. Mollyuskalar chigʻanogʻi (Ch. bilan tana oraligʻida mantiya bor) 3 qavatdan iborat: tashqi muguz qavat — periostrakum organik modda (konxiolin)dan, oʻrta qavat — ostrakum konxin bilan birikkan va Ch. yuzasiga tik joylashgan ohakli shpat yoki aragonit prizmachalardan, ichki qavat — gipostrakum (sadafli qavat) konxin bilan birikkan aragonit (birbiriga yopishgan) plastinkalardan tashkil topgan. Mollyuskalar chigʻanogʻi shakli hamda kattaligi turlicha (tridakna chigʻanogʻi 1,7 m cha, ogʻirligi 250 kg cha), zirxli mollyuskalar chigʻanogʻi bir necha plastinkali boʻladi.

Mollyuskalar chigʻanogʻidan xoʻjalik va ziynat buyumlari tayyorlanadi. Baʼzi bir xujayrali qayvonlar chigʻanogʻi toʻplanishidan choʻkindi togʻ jinslari, mollyuskalarnikidan esa ohak va boshqa hosil boʻladi.