Kontent qismiga oʻtish

Chilton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chiltandan yoʻnaltirildi)

Chilton - diniy tasavvurlarga koʻra, gʻayritabiiy kuchga ega boʻlgan afsonaviy 40 ruh.

Chilton, chiltan — diniy tasavvurlarga koʻra, gʻayritabiiy kuchga ega boʻlgan afsonaviy 40 ta ruh. Rivoyatlarda Ch.lar odamlar koʻziga koʻrinmaydi, baʼzan ular orasida odam qiyofasida yashaydi deb talqin etiladi. Ular, odatda, mozor va shahrik. odamlar boʻlmaydigan joylarda uchraydi deb tasavvur qilinadi. Turli ofatlardan saqlanish, kasaldan qutulish maqsadida Ch.larga atab pilikdan yasalgan 40 chiroq yoqish, ularga bagʻishlab turli taomlar pishirish odati boʻlgan. Taomlar Ch. oshi deb atalgan va ular shu marosim munosabati bilan toʻplangan xotin-qizlarga tarqatilgan. Hozirgi vaqtda Ch.lar va ular bilan bogʻliq boʻlgan urf-odatlar deyarli yoʻqolib ketgan.

Rivoyatlarda chiltonlar odamlar koʻziga koʻrinmaydi, baʼzan ular orasida odam qiyofasida yashaydi deb talqin etiladi. Ular, odatda, mozor va shu kabi odamlar boʻlmaydigan joylarda uchraydi, deb tasavvur qilinadi. Turli ofatlardan saqlanish, kasaldan qutulish maqsadida chiltonlarga atab pilikdan yasalgan 40 chiroq yoqish, ularga bagʻishlab turli taomlar pishirish odati boʻlgan. Taomlar chilton oshi deb atalgan va ular shu marosim munosabati bilan toʻplangan xotin-qizlarga tarqatilgan. Hozirgi vaqtda Chiltonlar va ular bilan bogʻliq boʻlgan urf-odatlar deyarli yoʻqolib ketgan.

Ahmad Yassaviy hikmatlarida Ch.lar qirq tan, yaʼni qirq odam. Bu qirq kishi avliyolik quvvatiga ega boʻlib, dunyo masalalarini hal qilishda Xudoning amri bilan ish koʻradilar. Oʻlganlar oʻrni tirik odamlar bilan toʻldirib turiladi.[1]

  1. Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. T.: «G'afur G'ulom nomidagi Nashriyot-matbaa birlashmasi», 1992. B. 203.