Kontent qismiga oʻtish

Valeriy Chkalov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chkalov Valeriy Pavlovichdan yoʻnaltirildi)
Valeriy Pavlovich Chkalov
Валерий Павлович Чкалов
Tavalludi 2-fevral 1904-yil
Vafoti 15-dekabr 1938-yil(1938-12-15)
(34 yoshda)
Moskva, Sovet Ittifoqi
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR

Valeriy Pavlovich Chkalov (ruscha: Валерий Павлович Чкалов; 2-fevral, 1904 — 15-dekabr, 1938) rus sinovchi-uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1936) boʻlgan. Aerobatika kashshoflaridan biri boʻlgan Chkalov Tupolev ANT-25 uchogʻida 1937-yil iyunida Moskvadan Vashingtonga shimoliy qutb orqali betoʻxtov uchib, xalqaro shuhratga erishgan. 8 811 kilometrlik bu parvoz 63 soat davom etgan[1][2].

Chkalov 1938-yil 15-dekabrida Polikarpov I-180 apparatini sinash paytida halokatga uchrab, vafot etgan. Uning sharafiga qishlogʻi nomi Chkalovsk, deb oʻzgartirilgan. Orenburg shahri 1398—1957-yillar orasida Chkalov, deb nomlangan[3]. Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod va Yekaterinburg metropolitenlarida Chkalovskaya bekatlari bor, Toshkent metropoliteni bekatlaridan biri ham 2012-yilgacha Chkalov, deb nomlanar edi[4].