Kontent qismiga oʻtish

Pretsipitatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Cho'kishdan yoʻnaltirildi)

Pretsipitatsiya (lotincha— pastga tez tushish), choʻkish — serologik reaksiya; antigenlar komleksining antitelolar bilan choʻkma hosil qilishi. Bemor yoki vaksina yuborilgan kishilar, shuningdek, immunlangan hayvon qon zardobidagi antitelo miqdorini aniqlashga imkon beradi. Pretsipitatsiya immunodiagnostikada bir qator infeksion kasalliklarga (kuydirgi, difteriya va boshqalar) diagnoz qoʻyishda, shuningdek, sud tibbiyotida qon, aʼzo yoki toʻqimaning kimga taalluqli ekanligini aniqlashda va boshqa hollarda qoʻllanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil