Kontent qismiga oʻtish

Qoʻngʻir tuproqlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qungʻir tuproqlar, choʻl va dasht qoʻngʻir tuproqlari — tuproq tipi. Asosan, chala choʻllarda, Kaspiy va Orol dengizlarining shim. sohillari hamda Qozogʻiston past togʻlariningjan. qismida tarqalgan. Qungʻir tuproqlar yuvilmaydigan suv rejimiga ega boʻlgan, tuproqda nam yetarli boʻlmagan, bugʻlanish yogʻinlar miqdoriga nisbatan 4—5 marta koʻp, muhiti ishqoriy, iqlimi keskin kontinental — yozi issiq, qishi sovuq, yillik yogʻin miqdori 100 – 250 mm boʻlgan hududlarda shakllanadi. Tuproq hosil qiluvchi jinslar, asosan, lyossimon qumoqlar va turli darajada shoʻrlangan allyuvial-koʻl choʻkindilaridan iborat.

Qungʻir tuproqlar tarkibidagi gumus miqdoriga qarab 2 tipchaga boʻlinadi: tipik Qungʻir tuproqlar (gumus miqdori 1,5—2%) va och qoʻngʻir tusli Qungʻir tuproqlar (gumus miqdori 1 — 1,5%). Gumus miqdori mexanik tarkibiga koʻra yuqori qatlamlarda 1,5—2% gacha, qumoq va qumli tuproqlarda 0,4—1% atrofida. Umumiy azot tuproqning yuqori gorizontlarida 0,11-0,18, fosfor 0,06-0,2%. Qungʻir tuproqlardan, asosan, chorvachilikda qoʻylar boqish uchun yaylovlar sifatida foydalaniladi. Shamol eroziyasi kuchli rivojlanganligi sababli unga qarshi kurash tadbirlariga alohida eʼtibor beriladi. Yaylovlar holatini yaxshilashda liman usulida sugʻorishlan foydalanish mumkin.

Hodimat Maxsudov.