Kontent qismiga oʻtish

Choʻchqa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Cho`chqadan yoʻnaltirildi)
Choʻchqa
Biologik klassifikatsiya

Choʻchqa, xonaki choʻchqa — haqiqiy choʻchqasimonlar turkumi (Sus)ra mansub juft tuyoqli hayvon. Xonaki cho'chqalar Yevropa, Oʻrta dengiz va Osiyo toʻngʻizlarinint kenja turi (Sus scrofa)fl aH kelib chiqqan. Yevropa va Osiyo guruhlariga boʻlinadi. Miloddan avvalgi 5—4-asrlarda xonakilashtirilgan. Ozuqa sharoiti, parvarish hamda uzoq va maqsadli seleksiya natijasida jahonda 100 dan ortiq Ch. zotlari chiqarilgan. Eng koʻp boqiladigan zotlar — yirik oq, landras, yirik qora, dyurok, Shimoliy Kavkaz, Ukraina dasht oq choʻchqasi va boshqa cho'chqaning tana tuzilishi qoʻpol, tumshugʻi uzun, uchida harakatlanuvchi xartumi bor. Oyoqlari toʻrt barmoqli, yelini ikki tizimda joylashgan, 14 soʻrgʻichli; tanasi siyrak dagʻal qil bilan qoplangan. Erkagining vazni 250–300 kg, urgʻochisi 200–220 kg ga boradi. Cho'chqa chorva hayvonlari ichida eng tez yetiluvchi va sermahsul hisoblanadi, 4— 5 oyligida jinsiy yetiladi, 9—10 oyligida qochiriladi. Boʻgʻozlik davri 102—128 kun, yiliga 2-marta bolalaydi va har bolalashida 10 va undan ortiq bola beradi. Cho'chqa bolasining tirik vazni tugʻilganida 1,2 –2 kg, ikki oyligida 16–20 kg, 6—7 oyligida 90–110 kg, 12 oyligida 200 kg tosh bosadi. Bir ona cho'chqadan bir yilda 20— 22 bola olish va uni boqish mumkin. Boqilgan cho'chqaning soʻyim goʻsht chi bola olish va uni boqish mumkin. Boqilgan Ch.ning soʻyim goʻsht chiqimi 70—85% ni tashkil etadi. Choʻchqa da ona choʻchqalar 5—6 yil, erkak choʻchqalar 7 yil foydalaniladi. Cho'chqalar tabiiy va sunʼiy usulda qochiriladi. Bir erkak Ch. urugʻi bilan 100 dan koʻproq ona choʻchqalarni sunʼiy urugʻlantirish mumkin. Cho'chqalarni goʻsht uchun (bekon), goʻshtyogʻ uchun va yogʻ uchun boqish usullari mavjud. Cho'chqa goʻshti va yogʻidan turli oziq-ovqat mahsulotlari (bekon, vetchina, kolbasa, dudlangan goʻsht, rulet, koreyka, shpik va boshqalar) tayyorlanadi. Ishlab chikarishda Cho'chqa terisidan oyoq kiyimi, egarjabduklar va boshqa narsalar tayyorlashda foydalaniladi. Dunyoning hamma mamlakatlarida, yirik fermalar va xonadon xoʻjaliklarida boqiladi.