Baybak
Qiyofa
(Cho‘l sug‘uridan yoʻnaltirildi)
Baybak, choʻl sugʻuri (Marmota bobac) – sugʻurlar urugʻiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tiyinsimonlar oilasiga kiradi. Tanasining uzunligi 60 sm gacha, dumi 15 sm gacha, ogʻirligi 6,5 kg gacha. Rossiya, Ukraina va Shimoliy Qozogʻiston choʻllarida tarqalgan. Tuproqda qazilgan inlarida oila boʻlib yashaydi. Ertalab va kechqurun faol hayot kechiradi. Qishda 6 oy uyquga ketadi. Soni kamayib ketganligi tufayli muhofaza qilinadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |