Sibizgʻa
Qiyofa
(Cho‘pon naydan yoʻnaltirildi)
Sibizgʻa, sibiziq, choʻpon nay — 1) tilchalipuflama oʻzbek xalq musiqa cholgʻu asbobi. Hozirda, asosan, choʻponlar orasida tarqalgan. Qamishdan yasaladi. Diametri, odatda, 5–6 mm, uz. 140–150 mm boʻladi. Ustki tomonida, puflanadigan uchining 10–15 mm pastrogida tilchasi, undan quyida uchta teshikchasi boʻladi. Diapazoni, odatda, seksta. S.da koʻproq oddiy cholgʻu mashqlar, xalq qoʻshiqlari kuylari chalinadi; 2) qozoq puflama musiqa cholgʻusi. Uzun (80—90 sm), toʻgʻri ushlab chalinadigan nayning turi. 5—6 barmoq teshiklari mavjud. Diapazoni 1,5 oktava atrofida. Professional cholgʻular qatoridan oʻrin olgan qozoq S.sida rivoyat kuylar, xalq lirik qoʻshiqlarining kuylari ijro etiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |