Ivan Davidovich Chumakov
Chumakov Ivan Davidovich (1906. 17.4, Qozogʻiston, hozirgi Jambul viloyati — 1980.9.11, Toshkent) — geologiyarazvedka texnikasi sohasidagi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1966), texnika fanlari doktori (1963), professor (1969). Oʻrta Osiyo universiteti fizikamatematika fakultetining geologiya boʻlimini tugatgan (1930). Turkmaniston, Oʻzbekiston va Tojikistonda geologiya boshqarmalarida ishlagan. Oʻrta Osiyo Geologiya va mineral xom ashyo ilmiy tadqiqot institutida direktor oʻrinbosari (195762), 1962-yildan shu intda razvedka texnikasi ishlari rahbari. Asosiy ilmiy yoʻnalishi togʻli sharoitlarda konlarni razvedka qilish texnikasi va texnologiyasi boʻlib, uni tashkil etishning ratsional usullarini ishlab chiqqan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |