Chumolilar hujumi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chumolilar hujumi (film)dan yoʻnaltirildi)
Chumolilar hujumi

Film posteri
Rejissyor(lar) John A. Davis
Prodyuser(lar)

Tom Hanks

Gary Goetzman
Ssenariynavis(lar) John A. Davis
Qaysi asarga
asoslangan
The Ant Bully
–John Nickle
Rollarda
Bastakor(lar) John Debney
Muharrir(lar) Jon Price
Distribyutor Warner Bros. Pictures
Chiqarilgan sanasi 2006-yil 28-iyun
Davomiyligi 88 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $50 million AQSH dollari[1]
Daromadi $55.2 million AQSH dollari[1]

Chumolilar hujumi (inglizcha: The Ant Bully) – 2006-yilda Jon A. Davis tomonidan ssenariysi yozilgan va rejissyorlik qilingan Amerika animatsion filmi. 1999-yilgi John Nickle tomonidan yozilgan The Ant Bully nomli bolalar kitobiga asoslangan. Filmga Julia Roberts, Nicolas Cage, Meryl Streep, Paul Giamatti, Regina King, Bruce Campbell va Lily Tomlin tomonidan ovoz berilgan.

Film Las Vegas shahri atrofida yashovchi, oila aʻzolari (Cheri Oteri va Larry Miller) eʼtiboridan chetda qolgan va boshqa bolalar tomonidan zoʻravonlikka uchrovchi, 10 yoshli buzgʻunchi bolakay Lukas Nickle (Zach Tyler Eisen) haqida hikoya qiladi. U doim butun gʻazabini chiqarish maqsadida yaqin atrofda joylashgan chumolilar koloniyasiga hujum qiladi. Biroq Zok (Cage) ismli sehrgar chumoli Lukasni kichraytirishi mumkin boʻlgan damlama yaratadi. Lukas kichrayib qolgach yangi doʻstlari, chumolilar, bilan yangi kuchlarga qoʻshilishi va hasharotlar yoʻqotuvchi inspektor Stan Bealsga qarshi kurashishi kerak boʻladi.

Film namoyishidan biroz oldin DNA kompaniyasining koʻplab ishchilari boʻshatiladi va studiya yopiladi. Shuningdek, aktyor Ricardo Montalban 2009-yil 14-yanvaridagi vafotidan oldin ushbu filmdagi soʻnggi roli boʻlgan. Chumolilar hujumi tanqidchilardan turli mazmundagi tahlillarni qabul qilishadi. Filmdagi vokal ijro, animatsiya, musiqa va yumor maqtovlarga loyiq koʻrilgan, lekin foydalanilgan dialog va ssenariy asosiy manbalar va tub maʼno ishonchsizligi tufayli past baholangan. Kassa yigʻimida ham film sezilarli darajada muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Film byudjeti 50 million dollarni, kassa yigʻimi esa 55.2 million dollarni tashkil etgan.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lukasning ota-onasi oʻz toʻy yubileyini nishonlash uchun Puerto Vallarta sohiliga ketishadi, bolakay opasi Tiffani va buvisi bilan birga qoladi. Oila aʼzolari beeʼtibor qoldirgan va Steve ismli bolaning zoʻravonliklaridan jahli chiqqan Lukas bor gʻazabini uyi oldida joylashgan chumoli inidan oladi. Ajoyib sehrgar chumoli, Zok, oʻz dushmani deb biladigan bolakayga javob qaytarishni istaydi. Lekin ularning toʻdasidagi Hova ismli hamshira chumoli odamlarga nisbatan katta qiziqishi tufayli Lukas bilan muloqot qilishni xohlaydi. Toʻda rahbari Lukasni chumoli hajmigacha kichraytirish uchun Zok yaratgan damlamadan foydalanishga qaror qiladi.

Mahalliy hasharotlarga qarshi kurashuvchi inspektor Lukasni zararkunandalarni yoʻq qilish uchun shartnoma imzolashga koʻndiradi. Oʻsha kechasi Zok va kichik chumolilar guruhi damlamani bolakayning qulogʻiga quyishadi. Lukas oʻziga kelganida oʻzini kichrayib qolgani va sud qilinish uchun chumoli iniga olib kelinganini tushunib yetadi. Zok bolani oʻrganish, keyin esa yeyish kerakligini talab qiladi, biroq chumolilar qirolichasi ushbu odamni ogʻir mehnatga hukm qiladi. Chumolilar keyinchalik qovogʻarilar tomonidan hujumga uchraydi. Lukas Stiv tomonidan tashlab ketilgan petardani topib oladi va undan qovogʻarilarni qoʻrqitish uchun foydalanadi. Bu voqea uning Zokdan tashqari barcha chumolilarning hurmatiga erishishiga sabab boʻladi.

Oradan bir qancha vaqt oʻtgach Beals chumolilar koloniyasini yoʻq qilish uchun yetib keladi. Lukas va Zok qovogʻarilardan yordam soʻrab borishadi; dastlab ularni yemoqchi boʻlgan qovogʻarilar Beals ularning ham uyasiga zarar yetkazayotganini bilgach yordam berishga rozi boʻlishadi. Beals bilan jang vaqida Lukas Hova va yaralangan qovogʻarining hayotini saqlab qoladi. Lukas, Zok va Hova qovogʻarilar nishidan foydalanib Beals tanasiga kichraytiruvchi damlamani yuborishadi va hasharot inspektori beoʻxshov koʻrinishga kelib qoladi. Uni qovogʻarilar quvar ekan uch gʻildirakli velosipedda qochib ketadi.

Qirolicha Lukasni qahramona harakatlari sabab sharaf bilan chumoli deb eʼlon qiladi va unga „Rokai“ deb nom beradi. Lukas Zokdan damlamaga qarshi dorini olgach normal o'lchamga qaytadi va nihoyat Stevega qarshilik koʻrsatadi, bolalar esa Lukas bilan doʻst tutinadilar.

Dublyaj aktyolari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Julia Roberts – Hova obrazida, Lukasning tarbiyalovchisi va Zokning sevgilisi.
  • Nicolas Cage – Zok obrazida, sehrgar chumoli va Hovaning sevgilisi.
  • Meryl Streep – Qirolicha chumoli obrazida, chumolilar koloniyasi rahbari.
  • Paul Giamatti – Stan Beals obrazida, mahalliy zararli hasharotlar inspektori.
  • Regina King – Krila obrazida.
  • Bruce Campbell – Fuga obrazida.
  • Lily Tomlin – Lukasning buvisi obrazida.
  • Cheri Oteri – Dorin Nickle obrazida, Lukasning onasi.
  • Lary Miller – Fred Nickle obrazida, Lukasning otasi.
  • Alisson Mack – Tiffani Nickle obrazida, Lukasning opasi.
  • Ricardo Monatlban – kengash rahbari obrazida.
  • Myles Jeffrey – Steve obrazida, Lukasni doimo masxara qiluvchi qoʻshni bola.

Musiqa[tahrir | manbasini tahrirlash]

The Ant Bully: Original Motion Picture Soundtrack
John Debney saundtreki
Chiqarilgan sanasi 2006-yil 1-avgust
Yozib olingan sanasi 2006
Janr Film Score
Davomiyligi 57:41[2]
Leybl Varèse Sarabande
Prodyuser(lar) John Debney
John Debney xronologiyasi
Chicken Little
(2005)
The Ant Bully: Original Motion Picture Soundtrack
(2006)
Barnyard
(2006)

Saundtrekning musiqiy qismi avvalroq Devis bilan „Jimmy Neytron: Boy Genius“ filmida ishlagan Jon Debney tomonidan yozilgan va bastalangan.

Premyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film teatrlarda 2006-yil 28-iyuldan Warner Bros. Pictures namoyish qilina boshlangan. Shu yilning 28-noyabrida esa Warner Home Video tomonidan filmning DVD va blu-rey formatida ommaga taqdim etiladi.

Daromadi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film kassasi 2006-yil 28-iyulda ochilib, 2006-yil 16-noyabrida yopilgan. Shu muddat ichida film Shimoliy Amerikada 28 million AQSH dollarini, dunyo boʻylab esa 55 million AQSH dollarini toʻplashga muvaffaq boʻladi. Filmning taxminiy byudjeti esa 50 million AQSH dollarini tashkil qilgan[3]. Shuningdek, Buyuk Britaniyada filmnining namoyishi 2006-yil 4-avgustda boʻlib oʻtgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „The Ant Bully“ (inglizcha). Box Office Mojo. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  2. „The Ant Bully - Original Score (2006)“. Soundtrack.Net. Qaraldi: 2014-yil 5-oktyabr.
  3. "Weekend Box Office Actuals (U.S.) Aug 4 - 6 weekend"
  4. „Weekend box office 4th August 2006 - 6th August 2006“. www.25thframe.co.uk. Qaraldi: 2017-yil 30-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]