Kontent qismiga oʻtish

Choʻr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Churdan yoʻnaltirildi)

Choʻr, Chur — Turk xoqonligi boshqaruvidagi unvonlardan biri.

Qad. turk bitiktoshlari, xitoy, sugʻd, arab, fors manbalarida uchraydi. Ch. unvoni, asosan, xoqonlikning gʻarbiy qismidagi "Oʻn oʻq" boshqaruvi tarkibida besh dulu urugʻi va boshqa yirik turkiy urutlar boshliqlariga nisbatan qoʻllangan. Jumladan, ushbu unvon xitoy manbalarida chjo shaklida qayd qilinib, Gʻarbiy Turk xoqonligi boshqaruvida islohot oʻtkazilganligi va Yettisuvdagi Suyab daryosining sharqiy havzasida yashovchi dulu qabilasining beshta urugʻi boshliqlarining har biriga chjo (choʻr) unvoni berilgani aytib oʻtiladi. Ch. unvoni xoqonlik tarkibidagi boshqa oʻlkalar boshqaruvida ham ishlatilib, baʼzan kishi nomlari tarkibida qoʻllangani koʻzga tashlanadi. Tabariyning "Tarix arrasul valmuluk" (9-asr) baʼzi nusxalarida Fargʻona hukmdorining ismi Joʻr (Choʻr) tarzida uchraydi. Yaʼqubiyning "Kitab al-buldon" (9-asr) asarida Fargʻona hukmdorining avlodi tarzida kursatilgan Bilgachoʻr ismidan ham vodiyning boshqaruvida Ch. unvoni qoʻllanganini payqash mumkin. Urxun bitiktoshlarida Koʻlchoʻr, Choʻrtegin, arab manbalarida Xarachur, Alpchur, Altuchur kabi turkiy lashkarboshilar ismi uchraydi.

  • Ishoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar (bir turkum sugʻd hujjatlarining oʻzbek tiliga tarjimasi va izoxlari), T., 1992.