Kontent qismiga oʻtish

Aylana

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Cirklodan yoʻnaltirildi)
R - Radius, D - Diametr, O - Markaz, C - Aylana

Aylana – muayyan nuqtadan teng uzoqlikda yotgan nuqtalar toʻplami. Aylananing uzunligi quyidagi formula orqali hisoblanadi: C = 2πR. Bu formulada π — oʻzgarmas son (konstanta), R esa aylana radiusi hisoblanadi.

Aylana tekislikda hamma nuqtalari belgilangan nuqtadan barobar uzoqlikda yotgan yopiq egri chiziq ham hisoblanadi. Belgilangan nuqta aylana markazi, markazdan aylana nuqtasigacha masofa aylana radiusi deyiladi. Markazlari umumiy, radiuslari har xil Aylanalar konsentrik aylanalar deb ataladi. Aylana ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma aylana vatari, markazdan oʻtuvchi vatar aylana diametri deb ataladi. Uchi aylana markazida, tomonlari radiusdan iborat burchak mar-kaziymarkaziy deyiladi. Aylana boʻlaklari aylana yoyi deb ataladi. Aylana tushunchasi faqat tekislikda emas, ixtiyoriy silliq sirtlar oʻrtasida ham qaralishi, bunda uning shakli murakkab boʻlishi mumkin[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

hammadan


BAXTIYOR VA AZIZBEK