Kontent qismiga oʻtish

Kantri

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Country musiqadan yoʻnaltirildi)
Country
Kantri
Uslubiy ildizlari: Appalachiya musiqasi, bluegrass, gospel, western swing, anglo-kelt musiqa, old-time music, blues
Madaniy ildizlari: AQSh janubi
Xos cholgʻu asboblari: Gitara - Bas - Rezonatorli gitara - Elektrogitara - Mandolina - Banjo - Fiddl - Pianino - Klavishlar - Dovul - Garmonika - Vokal
Yaqin janrlar:Rock and roll, dansband, roots rock, southern rock, heartland rock
Ost janrlar
Bakersfield sound - Close harmony - Honky tonk - Jug band - Lubbock sound - Nashville sound - Neotraditional country - Outlaw country - Red Dirt - Western swing - Texas country
Fusion janrlar
Alternative country - Country rock - Psychobilly - Rockabilly - Gothabilly - Cowpunk - Country-rap - Country pop - Country soul - Sertanejo - Southern soul
Aloqador mavzular
Country ijrochilar

Country (talaffuzi: kantri) Amerika ommabop musiqasi janri boʻlib, 1920-yillarda AQSh janubining qishloq joylarida shakllana boshlagan[1]. U Amerika xalq musiqasi va western musiqadan kelib chiqqan. Erta country musiqada blues gammasi seziladi[2]. Country odatda joʻn ballada va raqs maromlaridan iborat boʻlib, banjo, elektrogitara va akustik gitara kabi torli asboblar hamda fiddl va garmonika hamohangligida ijro etiladi[3][4][5].

Inglizchada „qishloq“ maʼnosini bildiruvchi country atamasi bilan 1940-yillardan boshlab shu janr nomlana boshlandi, bungacha bunday musiqani hillbilly („qishloqi“, „toʻpori“) deb atashar edi. Bugunga kelib country musiqa atamasi ostida koʻplab uslub va ostjanrlar tushuniladi. 2009-yilgi tadqiqotga qaraganda country AQShda avtomobilda eng koʻp tinglanadigan musiqa janrlari qatoriga kiradi[6].

  1. Peterson, Richard A. (1999). Creating Country Music: Fabricating Authenticity, p. 9. ISBN 0-226-66285-3.
  2. The New Blue Music. Richard J. Ripani. 2006. University Press of Mississippi/Jackson. page 22. ISBN 1-57806-861-4, 1-57806-862-2
  3. „Country music - Definition“. Dictionary.com. 2020-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-oktyabr.
  4. „Country music - Definition“. Oxford Dictionaries. 2011-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-oktyabr.
  5. Country music - Definition from WordWeb http://wordweb.info/free/
  6. ARRP Bulletin. Vol. 53 No 1. "50 Minutes on the Road. Betsy Tower. page 50. citing Communting in America III and Abritron.