Kontent qismiga oʻtish

Per Yngve Ohlin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Deaddan yoʻnaltirildi)
Per Yngve Ohlin
Fayl:Dead5.jpg
Tavalludi Per Yngve Ohlin
16-yanvar 1969-yil
Vafoti 8-aprel 1991-yil(1991-04-08)
(22 yoshda)
Janrlar Black metal
Guruhlari Mayhem
Fuqaroligi shved
Amplua Vokal

Per Yngve Ohlin (16-yanvar 19698-aprel 1991; Dead taxallusi ostida tanilgan) shved black metal vokalchisi, norvegiyalik Mayhem guruhi aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, u shved death metal guruhi Morbid'ning December Moon demo albomida qatnashgan.

Ogʻir-bosiq, introvert odam boʻlgan Dead sahnada boshqacha edi. Uning kiyim-boshini konsertdan bir hafta oldin koʻmib qoʻyishi va konsert kuni qayta kavlab olish odati maʼlum edi. Oʻzi aytishicha, u shu yoʻl bilan, kir-yagʻir, chirigan, chuvalchanglar ilakishgan kiyimlar kiyib, "oʻlimga yaqin boʻla olardi". Mayhemʼning bir gastrolida u qargʻa jasadini topib olgan va uni plastik meshga solib, saqlab qoʻygandi. Keyinchalik u kuylashdan avval tez-tez shu qargʻani hidlab olardi, buni "oʻlimni hidlash" zarurati bilan izohlardi.

Dead sahnada kuylarkan, bir necha bor oʻzini shisha siniqlari va shikor pichogʻi bilan kesgandi. 1990-yili Sarpsborg (Norvegiya) shahridagi konsertida u oʻzini singan butilka bilan kesib, koʻp qon yoʻqotgani tufayli kasalxonaga yuborilgandi. Shuningdek, Dead ovozini qalinlashtirish uchun oʻzini atayin och qoldirib, oshqozon yarasi orttirishga harakat qilgandi.

1991 yilning 8-aprelida Mayhem aʼzosi Øystein 'Euronymousʼ Aarseth Deadʼning murdasini topdi; u bilaklari kesilgan holda yotardi, boshiga esa miltiq bilan otilgandi. Tanasi yonida xudkushlik nomasi topilgandi. Unda "Excuse all the blood" ("Qon uchun uzr"), deb yozilgandi (Hellhammer keyinchalik nomada bundan tashqari yana yozuvlar, shu jumladan uy ichida miltiq ishlatgani uchun kechirim soʻralib yozilgani, biroq ishni pichoq bilan tugatish haddan ortiq zerikarli boʻlgani haqidagi gaplar boʻlganini aytgan). Euronymous shu zahotiyoq Osloga borib, fotokamera olib kelgan va vaziyatni suratga tushrgandi; oʻsha suratlardan biri keyinchalik Dawn of the Black Hearts albomiga muqova boʻldi. Shuningdek, Aarseth Deadʼning otilib chiqqan miyasidan tatib koʻrganligi, suyaklaridan tumor yasaganligi haqida mish-mishlar tarqalgandi, biroq Aarseth birinchi iddaoni rad etgan. Aarseth suyaklardan bir qismini Samael, Marduk, Abruptum guruhlariga yuborgan boʻlishi ham mumkinligi aytiladi.