Kontent qismiga oʻtish

Dehli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Delhidan yoʻnaltirildi)
Qutb Minar

DehliHindiston poytaxti va Dehli ittifoqdosh hududining maʼmuriy markazi. Aholisi 11,7 mln. kishi (2007). Hindistonning shim.-gʻarbida Jamna daryosi boʻyida, dengiz sathidan 216 m balandlikda joylashgan. Dehlida iyul oyining oʻrtacha temperaturasi 31°, yanvar niki 14,2°. Bir yilda oʻrtacha 660 mm yogʻin yogʻadi.

Hoz. Dehli qadimgi Indraprastxa (Indarpat) sh. yaqinida 8-asrning 1-yarmida barpo etilgan. 1206 yildan Dehli sultonligining , 1526 yildan Boburiylar saltanatining poytaxti (Dehli shahrini poytaxt tutgan hukmdorlarning deyarli barchasi turkiylar boʻlgan). 1803 yilda Dehlini inglizlar bosib oldi. 1857—59 yillarda shahar hind milliy qoʻzgʻolonining muhim markazlaridan biri boʻlgan. 1911 yildan Britaniya Hindistonining poytaxti, oʻsha yildan Dehlining jan.-gʻarbida Yangi shahar (Nyu-Deli) qurila boshladi. 1947 yildan mustaqil Hindiston poytaxti, 1950 yildan Hindiston Respublikasi poytaxti.

Dehli — mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Hindiston shim.dagi muhim transport yoʻllari tuguni. Bu yerdan mamlakatning turli tomoniga va chet mamlakatlarga temir yoʻl, avtomobil va havo yoʻllari ketgan. Dehlida 3 ta aeroport mavjuDehli Shaharda poytaxt aholisi ehtiyoji uchun mahsulot ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik, tikuvchilik, trikotaj, koʻn poyabzal, oyna-keramika, kimyo-farmatsevtika, elektronika, metallsozlik va mashinasozlik koʻproq rivojlangan. Dehli qadimdan anʼana boʻlib kelayotgan badiiy hunarmandchilik (fil suyagi oʻy-makorligi, nafis zargarlik buyumlari, oltin va kumush buyumlar i. ch.) bilan ham mashhur.

Dehlining eski qismi — Shohjahonobodda qaDehli meʼmoriy va sanʼat yod-gorliklaridan shahar devori (qisman) darvozalari bilan, Dehli jome masjidi, Laʼl-Qila (Qizil fort) saroy kompleksida Boburiylar davrining oq marmardan ishlangan saroylari (RangMahal, Devoni-Om, Devoni-Kxas, barchasi 1639—48 yillarda qurilgan), Marvarid masjid (1660) bor. Eski shahardan jan.ga tomon Feruzobod sh. vayronalari (1351—88), Kulon (1380) va Qilai-Koʻhna (1545) masjidlari bilan Purana-Qila saroy-qoʻrgʻon ansambli (1540), Humoyun maqbarasi (1565) va b. saqlangan. Dehlining eski qismidan 20 km janubda 4 ta shaharqalʼa mavjud: Siri (1303 yilda qurila boshlagan), Jahonpanoh (14-asr), Toʻgʻloqobod (1325, Gʻiyosiddin maqbarasi) va Laʼl-Kot (12-asr oxiri). Laʼl-Kotda Temir ustun (415), Quvvat ul-Islom masjidi (1193 yilda qurila boshlagan), Qutb Minor minorasi, Eltutmish maqbarasi (1235 yildan boshlab) mavjuDehli Dehlining yangi qismi katta maydonlar, bogʻlar va ulardan boshlangan keng koʻchalardan iborat boʻlib, u yerda "Hindiston Darvozasi", markaziy hukumat qarorgohi, maʼmuriy idoralar, banklar va b. joylashgan. 2 ta universitet, koʻplab kollej va in-tlar, Sanʼat va b. akademiyalar, badiiy galereyalar, muzeylar, Mahatma Gandi va Javoharlal Neru memorial muzeylari, teatrlar, Milliy muzey, amfiteatr, rasadxona va b. bor. Koʻplab zamona-viy turar joy binolari qurilgan.

  • OʻzME. Birinchi jilDehli Toshkent, 2000-yil