Kontent qismiga oʻtish

Aureliyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Dengiz likopchalaridan yoʻnaltirildi)

Aureliyalar – Dengiz likopchalari (Aurelia) – sifomeduzalar sinfi diskomeduzalar turkumiga mansub meduzalar urugʻi. Tanasi soyabon shaklida, diametri 5–10 sm, baʼzan 40 sm gacha. Soyaboni atrofida juda koʻp kalta paypaslagichlari, ular asosida 8 ta statotsistlari joylashgan. Ogʻzi soyabonining ostki qismida, kvadrat shaklida. Ogʻiz atrofidan 4 ta ogʻiz boʻlaklari osilib turadi. Aureliyalarning shaffof tanasi orqali oshqozon devorida joylashgan 4 ta qizgʻish taqasimon jinsiy bezlari koʻrinib turadi. Aureliyalar soyaboni devori muskullarining qisqarishi tufayli sekin suzadi. U hayot siklida jinsiy meduza bosqichini jinssiz polip bosqichi bilan almashtirib turadi. 7 turi maʼlum. Qora, Boltiq, Barens, Oq dengizlarda Aureliyalar aurita keng tarqalgan, baʼzan suv yuzasida juda koʻp miqdorda paydo boʻladi. Uzoq Sharq dengizlarida bu tur bilan birga aureliyalar limbata uchraydi. Aureliyalar baliklarga oziq boʻladigan mayda plankton organizmlar va baliq chavoklari bilan oziqlanib, baliqchilikka ziyon keltiradi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil