Aniqlovchi
Qiyofa
(Determinantdan yoʻnaltirildi)
Aniqlovchi — gapning ikkinchi darajali boʻlagi. Shaxs-narsa, hodisa nomiga tobelanib, uning belgisi (xususiyati, sifati) ni va kimga qarashli ekanini aniqlab keladi. Yozuvda aniqlovchining tagiga toʻlqinli chiziq chiziladi. Aniqlovchining [1]uch turi mavjud: 1) izohlovchi aniqlovchi (boshqa nomni bildiradi ularga jinsi, mansabi, unvoni, qarindoshligi (masalan, oʻzbek shoiri Furqat); 2) sifatlovchi aniqlovchi (masalan, keksa togʻlar); 3) qaratuvchi aniqlovchi — belgili yoki belgisiz qaratqich kelishigi shaklidagi soʻz bilan ifodalanadi (masalan, suvning beti yoki suv beti). U qanday? qanaqa? qaysi? nechanchi?qancha? nechta? kimning? nimaning?,qayerning? qayerdagi? qachongi? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- ↑ „BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ERISHISHDA ILM-FAN BILAN SHUG'ULLANUVCHI XOTIN -QIZLARNING ROLI“. UzMU xabarlari. 1-jild, № 1.2. 2024-02-07. 113–116-bet. doi:10.69617/uzmu.v1i1.2.899. ISSN 2181-7324.
{{cite magazine}}
: Check|doi=
value (yordam)