Kontent qismiga oʻtish

William Morris Davis

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Devis Uilyam Morrisdan yoʻnaltirildi)

Deyvis, Devis (Davis) Uilyam Morris (1850.12.2, Filadelfiya — 1934.5.2, Posadena) — amerikalik geolog va geograf. Amerika geomorfologiya maktabining asoschisi. Relyef ri-vojlanishining geografik sikli haqidagi taʼlimotni yaratgan. Kembrijdagi (AQSH) Garvard universitetining prof. Amerika geograflari Assotsiatsiyasiga asos solgan (1904) va Amerika geologiya jamiyati prezidenti (1911), bir qancha geologiya va geografiya jamiyatlarining faxriy aʼzosi. 1890—1915-yillarda AQSH Geologiya xizmatida ishlagan; AQSH, Jan. Amerika mamlakatlari va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. 1903-yilda Turkistonning choʻl rayonlarini, jumladan Qozogʻiston past togʻlari (Sariorqa) relyefini oʻrgandi. Geomorfologiya faniga peneplen tushunchasini kiritdi. Tyanshandagi umumiy sirt relyef shakllarini yoshargan peneplenlar deb atadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil