Kontent qismiga oʻtish

Dhola–Sadiya koʻprigi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Dhola–Sadiya Bridgedan yoʻnaltirildi)
Dhola–Sadiya koʻprigi
Mamlakat: Assam, Hindiston
Maqomi: Osma koʻprik
Qurilish boshlandi: 2003-yil
Qurilish tugadi: 2017-yil
Umumiy uzunligi: 9.15 km
Quruvchi tashkilot Navayuga Engineering

Bhupen Hazarika Setu, odatda Dhola Sadiya koʻprigi nomi bilan tanilgan, Hindistondagi Assam va Arunachal Pradeshning shimoli-sharqiy shtatlarini bogʻlaydigan[1]. Koʻprik Brahmaputraning asosiy irmogʻi boʻlgan Lohit daryosi boʻylab oʻtadi, janubdagi Dhola qishlogʻini shimoldagi Sadiya qishlogʻi bilan bogʻlaydi va Assamning Tinsukiya tumanidagi Arunachal Pradeshga kirishni taʼminlaydi[2]. Koʻprik shimoliy Assam va sharqiy Arunachal Pradesh oʻrtasidagi birinchi yoʻl hisoblanadi[3].

Koʻprik 9.15 km uzunlikda boʻlib, Hindistonda joylashgan suv ustidagi eng uzun koʻprik hisoblanadi[4][5]. Biroq, Hindistonning Bixar shtatida qurilayotgan Kakchi Dargah-Bidupur koʻprigi (uzunligi 9.76 km) 2023-yilning iyul oyida qurib bitkazilishi bilan Hindistondagi eng uzun koʻprikka aylanishi kutilmoqda[6][7].

Xitoy armiyasining bosqinidan keyin Hindiston mudofaa vositalarining tez harakatlanishini hisobga olgan holda, Dhola-Sadiya koʻprigi Hindiston armiyasining Arjun va T-72 kabi 60 tonnalik tanklarning ogʻirligini koʻtarish uchun moʻljallangan[8][9]. Xitoy-Hind urushidan beri Xitoy Hindistonning Arunachal-Pradeshga daʼvosiga siyosiy va harbiy jihatdan, Haqiqiy nazorat chizigʻi boʻylab bahslashdi va bu koʻprikni davom etayotgan bahsda muhim taktik aktivga aylantirdi[10].

Avtomobil transporti va avtomobil yoʻllari vazirligi mahalliy aholining talablaridan soʻng 2003-yil avgust oyida loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini boshlagan edi[11]. 2009-yil yanvar oyida koʻprik Hindiston hukumati tomonidan Arunachal-Pradesh yoʻllari va avtomobil yoʻllari paketining bir qismi sifatida qurilish uchun tasdiqlangan[12][13].

Qurilish ishlari 2011-yil noyabr oyida Navayuga Engineering kompaniyasi bilan davlat-xususiy sheriklik asosida boshlangan, 2015-yilda yakunlanishi kutilgan. Biroq qurilishning kechikishi va tannarxning oshishi sababli koʻprikning tugallanish muddati 2017-yilga koʻchirildi[14][15].

Loyihaning narxi ₹ 1000 crore atrofida va qurilishni yakunlash besh yildan ortiq davom etdi[16].

Koʻprikning ochilish marosimi 2017-yil 26-may kuni Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va Nitin Gadkari tomonidan boʻlib oʻtdi. Koʻprik Assamlik rassom va kinorejissyor Bhupen Hazarika sharafiga nomlangan[17].

  1. Karanbir Gurung, Shaurya. „Dhola-Sadiya bridge not enough, China still miles ahead of India in infrastructure along LAC“. The Economic Times (2017-yil 28-may). Qaraldi: 2018-yil 15-iyun.
  2. „Dhola-Sadiya: A Bridge of New Hope for the North East“. pib.nic.in. Qaraldi: 2017-yil 23-iyun.
  3. „All you need to know about Dhola-Sadiya Bridge, India's longest river bridge“. The Hindu (2017-yil 26-may).
  4. „Longest bridge in India provides a quick link to LAC“.
  5. „The mighty Brahmaputra is the biggest hurdle to the country's longest bridge“.
  6. „India: Bihar New Ganga Bridge Project“. Asian Development Bank. Qaraldi: 2017-yil 27-may.
  7. „Work on 9.8 km long ADB-supported bridge on Ganga in Bihar to start soon“. Financial Express (2017-yil 14-fevral). — „As per the loan agreement, the project is scheduled to complete by December 2020.“. 2017-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-iyul.
  8. „India's Longest Bridge, Built For Tanks, To Open In Assam Today: 10 Facts“.
  9. „Dhola Sadia bridge: 10 facts about India's longest bridge on the Brahmaputra“ (2017-yil 25-may).
  10. Subir Bhaumik. „India opens longest bridge on China border“. BBC News (2017-yil 26-may). — „China claims Arunachal Pradesh as its own, and refers to it as "southern Tibet". [...] "With China getting more and more aggressive, it is time we strengthened our physical infrastructure to defend our territory," India's junior Home Minister Khiren Rijiju, a native of Arunachal Pradesh, told journalists.“. 2017-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-may.
  11. „Dhola Sadia bridge: 10 facts about India's longest bridge on the Brahmaputra“ (2017-yil 25-may).
  12. „English Releases“.
  13. „How PM Modi fulfilled Vajpayee's 'dream' to build India's longest Bhupen Hazarika Bridge between Dhola, Sadiya in Assam“. The Financial Express (2017-yil 26-may). Qaraldi: 2017-yil 27-may.
  14. „A bridge too far“. The Telegraph (Calcutta) (2015-yil 7-aprel). Qaraldi: 2015-yil 25-iyun.
  15. „Development in North East“. pib.nic.in.
  16. „3 years of Narendra Modi government: India's longest bridge to be called Bhupen Hazarika Bridge, says PM Modi“. Business Today India (2017-yil 26-may). — „Its construction started in 2011. The approximate cost of the project is said to be around Rs 10 billion.“. 2017-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-may.
  17. Bhaumik, Subir. „India opens longest bridge on China border“. BBC News (2017-yil 26-may). Qaraldi: 2017-yil 26-may.