Kontent qismiga oʻtish

Diaskop

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Diaproyektordan yoʻnaltirildi)

Diaskop (yun. diaskopeo — sinchiklab qarayman), diaproyektor — shaffof tasvirni koʻrish yoki uni kattalashtirib ekranga tushirish uchun ishlatiladigan optik-mexanik qurilma. Rasmlar, chizmalar va hokazo (diapozitiv, diafilm, mikrofotonusxalar) D. yordamida ekranga tushiriladi. Filmoskop D.ning bir turi hisoblanadi. Maʼruzalar paytida tasvirlarni na-moyish qilish uchun foydalaniladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil