Kontent qismiga oʻtish

Diez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Diez, Germanydan yoʻnaltirildi)

Nota yozuvida diéz (fransuzcha: dièse, qadimgi yunoncha: δίεσις) alteratsiya belgisi boʻlib, undan oʻng tomonda joylashgan notalarning bitta xromatik yarim tonga balandlatishni bildiradi. Kalitdan keyin yoki alohida notalardan oldin joylashtiriladi. Birinchi holda, u keyingi kalitga qadar, ikkinchisida — takt oxirigacha yoki bekar belgisi bilan aniq bekor qilinmaguncha amal qiladi. Diez panjara belgisi bilan belgilanadi (). Baʼzan notani butun tonga balandlatish kerak boʻladi; buning uchun, uchlarida kichik kvadratlar boʻlgan x-shaklidagi krestga oʻxshash dubl-diez ishlatiladi (). Diez, bemol va bekar dan foydalanish haqida koʻproq maʼlumot olish uchun alteratsiya belgilari haqidagi maqolani koʻring.

Unicode kodlanishida diez maxsus belgiga, U+266F  ♯ music sharp sign (HTML ♯), ega boʻlib, u oktotorp „#“(panjara) belgisidan farq qiladi. Shuning uchun, oktotorp belgisidan diez belgisi sifatida foydalanish tavsiya etilmaydi. Dubl-diez belgisi (𝄪) Unicodeda, oʻn oltilik sanoq sistemasida, 1D12A kodiga ega.

Dubl-diez vazifasini yarmini bekor qilish uchun, ilgari becar-diez belgisi ham ishlatilgan. Hozirgi vaqtda buning uchun oddiy bekar ishlatiladi.

Shuningdek, matematikaning maxsus yoʻnalishlarida („diez“ nomi ostida) ham qoʻllanadi va matematik indeksni oshirishni anglatadi.