Kontent qismiga oʻtish

Atseton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Dimetilketondan yoʻnaltirildi)

Atseton (lotincha acetum — sirka), dimetilketon, CH3COCH3 — organik birikma, eng oddiy keton. Mol. m. 58,079. Uchuvchan oʻziga xos hidli, rangsiz suyuqlik, suvga yaxshi aralashadi, tez oʻg olib ketadi; zichligi 792 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi — 94 °C, qaynash temperaturasi 56,2 °C. Ketonlarga xos xossalarni namoyon qiladi. Atsetilsellyuloza qizdirilganda (taxminan. 700° da) keton CH3=C=O hosil boʻladi. Ishqorlar taʼsirida galogenlar bilan reaksiyaga kirishib, yodoform, bromoform, xloroform hosil qiladi. Fenol bilan bir qatorda izopropilbenzolni oksidlab va oksidlanish mahsuloti — gidroperoksidni parchalab olinadi. Adan xilma-xil mahsulotlar sintez qilish mumkin. Alan sulfa-nol ham olinadi. Atsetilsellyuloza sanoatda nitrotsellyuloza va atsetilsellyulozspt erituvchi sifatida, sintetik kauchuklar, boʻyoq olishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi[1][2].