Kontent qismiga oʻtish

Dmitriy Petrov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Dmitriy Yuryevich Petrovdan yoʻnaltirildi)
Dmitriy Yuryevich Petrov
Дмитрий Юрьевич Петров
Tavalludi 16.07.1958
 Sovet Ittifoqi SSSR, Novomoskovsk
Fuqaroligi  Russia Rossiya
Turmush oʻrtogʻi Anamika Saksena
Bolalari Demyan, Ilyan, Arina

Dmitriy Yuryevich Petrov (ruscha: Дми́трий Ю́рьевич Петро́в; 16-iyul, 1958-yil; Novomoskovsk, Tula viloyati, RSFSR, SSSR) — Rossiyalik muallim, tarjimon, poliglot va teleboshlovchi. Rossiyaning «Kultura» telekanalidagi «Poliglot» koʻrsatuvida oʻqituvchi-teleboshlovchi hisoblanadi[1].

Dmitriy Yuryevich Petrov 1958-yilning 16-iyul kuni SSSRdagi RSFSRning Tula viloyatidagi Novomoskovsk shahrida tugʻilgan. 1975-yilda oʻsha paytda "Moris Torez nomidagi Moskva davlat chet tillari instituti"ga oʻqishga kiradi (hozirda ushbu oʻquv yurti "Moskva davlat lingvistik universiteti" deb ataladi). Oʻzi taʼlim olgan ushbu bilim yurtida talabalarga tahsil beradi[2].

Matbuotda chop etilgan intervyularidan birida, Dmitriy Petrov oʻttizdan ortiq tillarda soʻzlasha olishi aytilgan[3][4]. Oʻz soʻzlariga koʻra, u qariyb 50 ta tilda oʻqiy yoki gapira oladi. Asosan 8 ta tilda ish olib boradi. Bular: inglizcha, fransuzcha, italyancha, ispancha, olmoncha, chexcha, yunoncha va hindi tillaridir[5]. Ivrit, venger tili, moldav tillari bilan ishlagan.

2011-yilning dekabr oyida, Qozogʻiston Respublikasi madaniyat vazirligining tillar boʻyicha komiteti buyurtmasiga binoan «Тiлашар ENTER» televizion proektida qozoq tilini oʻrganish motivatsion kursini oʻtkazdi[6][7].

2012-yilning yanvar oyidan buyon Dmitriy Petrov Rossiyaning «Kultura» telekanalida efirga uzatiladigan «Poliglot» koʻrsatuvi boshlovchisi va oʻqituvchisi hisoblanadi. 2015-yilning fevral oyiga koʻra, ushbu koʻrsatuvning yettita mavsumi efirga chiqgan. Bular: inglizcha[8], italyancha[9], fransuzcha[10], ispancha[11], olmoncha[12], hindi/urdu[13] va portugalcha[14] mavsumlardir. Koʻrsatuvning barcha mavsumlari va qismlari «Kultura» telekanalining rasmiy saytida hammaga ochiq holda aks ettiriladi.

Dmitriy Petrov shuningdek rus chastushkalarini boshqa tillarga tarjima qilgan[15]. Matbuot va oʻz soʻzlariga koʻra, u Mixail Gorbachyov, Boris Yeltsin va Vladimir Putinning tarjimoni boʻlib ishlagan[16].

Xotini Hindistonlik Anamika Saksena[3][17], tarjimon. Farzandlari, ikkita oʻgʻli Demyan va Ilyan, bitta qizi Arina.

  1. Новости культуры. „Все выпуски программы «Полиглот опубликованы на официальном сайте телеканала «Россия К»“ (ru). Телеканал «Культура» (2013-yil 11-fevral). 2015-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-mart.
  2. Ю. Фуколова. „Синьор полиглот“. Коммерсант.ru (2014-yil 3-mart). Qaraldi: 2014-yil 23-mart.
  3. 3,0 3,1 Ларина Ю. Многоязычник. Уникальный полиглот Дмитрий Петров начал телепроект и рассказал Юлии Лариной, как учить языки // Огонёк. — № 3 (5212). — 23.01.2012.
  4. „Открытая лекция «Проблемы изучения языка и переводческая деятельность в контексте межкультурной коммуникации»“. Институт УНИК. 2014-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-mart.
  5. Гарматина Ю. Педагог и полиглот Дмитрий Петров: Иностранный язык можно выучить в любом возрасте! // АиФ. — 31.10.2012.
  6. Казахский язык можно выучить за 2 недели с «Тiлашар ENTER». Новости Казахстана. Tengrinews.kz
  7. З. Давлетъярова. „Глаголом по незнанию“. Dialog (2011-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 23-mart.
  8. «Культура»: Полиглот. Английский язык., 2019-01-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-05-02
  9. «Культура»: Полиглот. Итальянский язык., 2019-01-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-05-02
  10. „«Культура»: Полиглот. Французский язык.“. 2013-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-may. (WebCite saytida 2013-01-12 sanasida arxivlangan)
  11. «Культура»: Полиглот. Испанский язык., 2019-01-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-05-02
  12. «Культура»: Полиглот. Немецкий язык., 2019-02-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-05-02
  13. Полиглот. Хинди с нуля., 2019-01-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-05-02
  14. «Культура»: Полиглот. Португальский язык., 2019-02-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-05-02
  15. Киеня Н. Полиглот Дмитрий Петров: Килька плавает в томате, ей в томате хорошо // Известия. — 27.06.2007.
  16. Виктория Юхова.. „Языковой запас“. Журнал «Итоги» (27 января 2014). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-mart.
  17. „Свинаренко И. Анамика Саксена: хождение за три моря // Медведь. Первый Мужской журнал. — 24.02.2012.“. 2013-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-yanvar.