Kontent qismiga oʻtish

Dnepr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Dnepr daryosidan yoʻnaltirildi)
Dnepr
ukraincha: Дніпро
Tavsif
Uzunligi 2 201
Maydoni 504 000 km²
Suv sarfi 1 670 m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya, Belarus va Ukraina
Dnepr

Dnepr yoki Dnipro (ukraincha: Дніпро; belaruscha: Дняпро, Днепр[1][2] yun. Borisfen) — Sharqiy Yevropadagi daryo, RF, Belarus va Ukraina xududida. Uzunligi 2201 km. (Yevropada uzunligi boʻyicha Idel (Volga) va Dunaydan keyin 3-oʻrinda), havzasining mayd. 504 ming km2. Valday qirlaridan boshlanib Qora dengizning Dnepr limaniga kuyiladi. Dneprning oʻng va chapdan irmogʻi koʻp; yiriklari — Drut, Berezina, Pripyat, Soj, Desna, Suda, Psyol, Vorskla, Samara, Ros. Oʻrta oqimida dneprning vodiysi keng (6–18 km), qad. terrasalar bor. Quyi oqimida dnepr Qora dengiz boʻii pastgekisligidan oqib oʻtadi. Qor va funt suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1700 m3/sek. dekabrdan mart oxirigacha muzlaydi. Dneprda kuyilish yeridan 1677 km masofada kema qatnaydi. Asosiy pristanlari va portlari: Mogilyov, Kiyev, Kanev, Cherkassi, Kremenchug , Dnipro, Zaporojye, Nikopol, Xerson. Dnepr sunʼiy suv sistemalari orqali Boltiq dengizi havzasining daryolari: Daugava bilan Berezina sistemasi, Neman bilan Dnepr-Neman, Gʻarbiy Bug bilan DneprBug kanallari orqali bogʻlangan. GESlar qurilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  1. Andoza:Книга:ЭПБ
  2. Andoza:Книга:БКБ