Kontent qismiga oʻtish

Dovud

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Dovud alayhis-salomdan yoʻnaltirildi)

DovudQurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Yahudiy va xristian diniy adabiyotlarida David nomi bilan maʼlum boʻlgan. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, D. mil. av. 11-asrda Isroil va Iudeyani birlashtirib, yagona yahudiy davlatini tuzgan podsho. Qurʼonda yozilishicha, D. Jolut (falastinliklar lashkarboshisi) ustidan gʻalaba qozongan. "Alloh unga (D.ga) podshohlik, paygʻambarlik va Oʻzi xohlagan narsalaridan taʼlim berdi" (Qurʼon, 2:251), D. alayhissalomga Muso (as)dan soʻng samoviy kitob — Zabur tushirilgan. D. temirchilikning asoschisi hisoblanadi, oʻz qoʻl mehnati bilan tirikchilik oʻtkazgan: temirdan har xil asboblar yasab, uni sotib kun koʻrgan. Ayni chogʻda D. ning nihoyatda xushovoz boʻlganligi, togʻlaru qushlar unga qoʻshilib "tasbeh aytishi", daʼvolashuvchi tomonlarni murosaga keltirish, odilona hukm qilish qobiliyatiga ega ekanligi haqida koʻp rivoyatlar bor. D. alayhissalom vafotidan soʻng , barcha mulk va paygʻambarlik oʻgʻli Sulaymon (as)ga meros boʻlib qolgan.

Dovudga payg‘ambarlik, keng ilm, solih amal va chiroyli mantiq, haq bilan botil orasini ajratuvchi balog‘atli nutq ato etilganligi haqida ma'lumotler keltiriladi

Dovud va Sulaymon alayhimussalom qissasi Qur'oni karimning turli suralarida, jumladan, Anbiyo, Naml, Saba', Sod suralarida kelgan. Dovud va Sulaymon alayhimussalom ikki hurmatli payg‘ambar, ikki ulug‘ podshoh bo‘lishgan. Alloh taolo ikkisiga payg‘ambarlik va podshohlik ne'matini bergan. Dovud alayhissalom nasabi Ya'qub ibn Ishoq ibn Ibrohim alayhissalomga taqaladi. Dovud Iso alayhissalom tug‘ilishidan taxminan 1000 yilcha oldin Falastin diyorida tavallud topgan. U zot alayhissalomning ismlari Qur'oni karimning turli suralarda 10 marta takrorlangan. Dovud va Sulaymon alayhimussalom davrida Bani Isroil tinchlikxotirjamlikda va farovonlikda umrguzaronlik qilishdi. Tarixda eng tinch hayotlari aynan o‘sha davrlarga to‘g‘ri keladi.

Oyatda tog‘lar tasbeh aytishda Dovud alayhissalomga iqtido qilishgani ma'lum bo‘ladi. Dovud alayhissalom Alloh taologa tasbeh aytganida tog‘lar ham uning ortidan tasbehni takrorlashgan.


  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Payg'ambarlar tarixi.