Kontent qismiga oʻtish

Dyuba

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dyuba
Tavalludi 23-fevral 1868
Vafoti 27-avgust 1963[1]
Fuqaroligi AQSh va Gana[2]

Dyuba, William Edward Burghardt Du Bois (inglizcha: William Edward Burghardt Du Bois; 1868. 23.2, Greyt-Barrington, AQSH,— 1963.27.8, Akkra, Gana) — amerika yozuvchisi, tarixchisi, jamoat arbobi, AQSH dagi zamonaviy negr adabiyotining asoschilaridan. 1895 yilda falsafa d-ri unvonini olgan. Atlantadagi universitet iqtisodiyot va tarix professor (1897—1910), ijtimoiy fakultet dekani (1933—44). 1961 yilda Ganaga koʻchib kelib, "Afrika ensiklopediyasi" ("Encyclopedia Africana") nashriga rahbarlik qilgan. Dyuba butun Afrika xalqlarini birlashtirishga bagʻishlangan bir nechta kongresslarning (1si — 1919, oxirgisi — 1945) tashabbuskori boʻlgan. Negr xalqi haqidagi tarixiy va ijtimoiy asarlar muallifi. "Qora kishilar qalbi" (1903) ocherklar toʻplami, "Kumushrang teri izlab" (1911) romani, "Tim qora suv" (1920) hikoyalar, ocherklar va sheʼrlar toʻplami, "Qora alanga" ("Mansart sinovda", 1957; "Mansart maktab qurmoqda", 1959; "Qora alanga", 1961) trilogiyasi va b. asarlarida negr xalqining soʻnggi bir yarim asrdan ortiq vaqt mobaynidagi mehnati, irqchilikka va ijtimoiy adolatsizliklarga qarshi kurashi oʻz badiiy ifodasini topgan.

Du Bois (1918)
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. // (unspecified title)
  2. Henry Holt. — С. 312.