Kontent qismiga oʻtish

Anatomiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Eòlas-bodhaigdan yoʻnaltirildi)

Anatomiya (grekcha soʻzdan olingan boʻlib, kesish, kesib ochish degan maʼnolarini bildiradi) biologiyaning boʻlimi boʻlib, odam tanasining qismlarini va joylashishini organadi. Anatomiya ikki asosiy boʻlimdan iborat boʻlib, Umumiy Anatomiya va Histologiyadan iborat. Umumiy anatomiyada koʻz bilan koʻrib boladigan qismlar oʻrganilinadi va gistologiyada mikroskop bilan koʻrish kerak boʻlgan qismlar oʻrganilinadi. Umumiy anatomiya yana bir qancha boʻlimlarga boʻlingan: hayvon anatomiyasi, oʻsimlik anatomiyasi va odam anatomiyasi.


Anatomiya — ayrim aʼzolar, sistemalar va butun organizmning shakli va tuzilishini oʻrganadigan fan; morfologiyaning bir qismi (qarang Hayvonlar morfologiyasi, Oʻsimliklar morfologiyasi). Anatomiya hayvonlar Anatomiyasi (zootomiya) va oʻsimliklar anatomiyasi (fitotomiya)ga boʻlinadi. Hayvonlar Anatomiyasidan odam Anatomiyasi (antropotomiya) ajratiladi. Odam va hayvonlar organizmi evolyutsiyasining asosiy bosqichlarini oʻrganadigan qiyosiy (solishtirma) Anatomiya ham bor. „A“ termini koʻproq odam Anatomiyasini ifodalash uchun ishlatiladi. Odam Anatomiyasiga inson organizmi faoliyati haqidagi fan — fiziologiya bilan bir butun holda qaraladi. Anatomiya har bir aʼzoning kishi jinsi va yoshiga qarab oʻzgarish xususiyatlarini, atrof muhit hamda mehnat faoliyatining aʼzolar tuzilishi, vazifasiga taʼsirini ham oʻrganadi. Dastlab har bir aʼzo alohida-alohida oʻrganilgan boʻlsa, keyinchalik aʼzolarning oʻzaro munosabatlarini, ularning bir sistemaga birlashish qonuniyatlarini, organizm bir butun boʻlib, uni tashqi muhit bilan chambarchas bogʻliqligini, aʼzolarning shakli bilan funksiyasi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni hisobga olgan holda oʻrganila boshlandi. Anatomiyaga oid dastlabki maʼlumotlar eng qadimgi xitoy va hind asarlarida, shuningdek Gippokrat, Aristotel (Arastu) asarlari va ayniqsa Aleksandriya maktabi vakillarining asarlarida uchraydi. Keyinchalik Abu Ali Ibn Sinoning 5 jildli „Tib qonunlari“ asarida tibbiyotning barcha sohalariga, xususan Anatomiyaga oid mukammal maʼlumot berildi. Italyan rassomi Leonardoda Vinchi mur-dani yorib tekshirib normal Anatomiyaning bir qadar mufassal tavsifini bergan. Hozirgi zamon Anatomiyasi Uygʻonish davridan, yaʼni yevropalik anatom-olim A.Vezaliy murdalarni yorib tekshirib, odam tanasi tuzilishining toʻliq, sistematik va aniq 470tavsifini bergan vaqtdan boshlanadi. A. umuman normal aʼzo va toʻqimalarning shakli va tuzilishini oʻrgangani uchun normal Anatomiya deb ataladi. Normal Anatomiya organizmning funksional sistemalariga muvofiq ravishda suyaklar haqidagi taʼlimot — osteologiya, boʻgʻimlar haqidagi taʼlimot — artrologiya, muskullar haqidagi taʼlimot — miologiya, ichki aʼzolar haqidagi taʼlimot -splanxnologiya, qon aylanish va limfa sistemasi haqidagi taʼlimot — angiologiya, markaziy va pereferik nerv sistemasi haqidagi taʼlimot — nevrologiya, sezgi aʼzolari haqidagi taʼlimot — esteziologiya va ichki sekresiya bezlari haqidagi taʼlimot — endokrinologiyatga boʻlinadi. Anatomiyadan quyidagi fanlar ajralib chiqqan: gistologiya (aʼzo va toʻqimalarning mikroskopik tuzilishini oʻrganadi); patologik A. (kasallik oqibatida oʻzgargan aʼzo va toʻqimalarning shakli va tuzilishini oʻrganadi), topografik yoki amaliy A. (xirurgik A. ham deyiladi, odam tanasida aʼzo va toʻqimalarning joyla-nishini oʻrganadi). Bundan tashqari, vazifasi tasviriy sanʼat (rassomchilik, haykaltaroshlik) uchun odam gavdasining tashqi koʻrinishini tasvirlab berishdan iborat boʻlgan plastik A., aʼzolarning shakllari va tuzilishini ularning fa-oliyati bilan bogʻliq holda oʻrganadigan funksional yoki nazariy Anatomiya yosh A.si va boshqa A.lar ham bor. Miyaning faoliyati bilan bogʻliq holda uning noziq tuzilishi, qon va limfa to-mirlarining nerv bilan taʼminlanishi, bir qismi ishdan chik,-qan qon aylanish sistemasining tiklanish (kompensatsiya) qobiliyati va boshqa masalalar ham A.ning tadqiqot mavzuidir. A.ning asosiy va eng qadimgi oʻrganish usulidan foydalanilgan, bora-bora ke-sib preparatlar tayyorlash, arralash, qon tomirlarga turli suyukliklar yuborish, rentgen nuri va mikroskopii qoʻllash usullari joriy etildi: tirik odamda esa paypaslab koʻrish, perkussiya (barmoq yoki bolgʻacha bilan urib oʻrganish) yoki au-skultatsiya (eshitib koʻrish) usullari qoʻllanila boshlandi. Bundan tashqari, A. (proyeksion A.) hayvonlar va sogʻlom odamlarda (tashqi belgilarga qarab) chuqurroq yotgan aʼzolarning joylanishini tajriba yoʻli bilan aniqlaydi. Oʻzbekistonda A. fanining haqiqiy rivoji 1940-50 yillarga toʻgʻri keladi. Oʻzbek olimlaridan H. 3. Zohidov markaziy nerv sistemasining ayrim sohalarini, odamning yoshiga xos tuzili-shini, R. E. Xudoyberdiyev nerv sistema-sining qon bilan taʼminlanishini, qon to-mirlar A.sini, M. N. Xolqoʻziyev vegeta-tiv nerv sistemasi A. sini, N. K. Ahmedov periferik nerv sistemasiga rentgen nurlarining taʼsirini oʻrgandilar. Olimlardan S. Sh. Shahrbiddinov, A. T. Okdlov, F. N. Bahodirov, N. A. Ibodov, I. K. Qosimxoʻjayevlar ham A. rivojla-nishiga munosib hissa qoʻshdilar. Hozir A.ning dolzarb masalalari — jigar, tomirlarning normal va regeneratsiya sha-roitidagi oʻzgarishlari hamda nervlarning tiklanishi va periferik qon aylanishi ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.[1]

Odam anatomiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqa boʻlimlar ichida, odam anatomiyasi eng kerakli anatomiya boʻlimi hisoblanadi. Tibbiyot nuqtai nazaridan, odam anatomiyasi sogʻlom insonning badan qismlarini shaklini, badanda joylashishini, katta-kichikligini va boshqa qismlar bilan aloqadorligini oʻrganuvchi boʻlimdir. Topografik anatomiyada bir qancha jasadlarni kesib, uni yaxshilab oʻrganiladi. Morfologik nuqtai nazaridan, odam anatomiyasi eng qiziqarli boʻlim hisoblanadi. Har bir qism nega shunday shakl, shunday joylashishda ekanligini savol qiladi. Bu qiziqish biologiya fanida qoʻshimcha boʻlimlar — embriologiya yoki rivojlanish biologiyasini va gistologiyani yaratdi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil