Kontent qismiga oʻtish

Idiku

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Edigeydan yoʻnaltirildi)

"IDIKU" — amir Idiku Qutlugʻ Qabo (rus yilnomalarida — Edigey, Yedigey) (13521419) haqida XVXVI asrlarda turkiy xalqlar tomonidan yaratilgan doston. Mangʻitlar amiri Idikuning tarix maydonida paydo boʻlishi va uning Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishga qarshi (XIV asr 90-y.lari) Temur ishtirokida kurashi bilan bogʻliq voqe-alar "I." dostonining asosini tashkil etadi. Dostonda, ayniqsa Idikuning yordam soʻrab SamarqandgaAmir Temur huzuriga kelishi, Sohibqironning unga oʻz yaqinidek yordam berishi tasvirlab berilgan. Dostonda va b. ri-voyatlarda Idikuning ajdodi Xoja Ahmad Yassaviyga bogʻlanishi aytilgan.

"I.", asosan, Volga boʻyidagi turkiy xalqlar orasida mashhurdir. Doston Qozonda 1990 yilda kitob holida nashr etilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil