Akkumulyatorlar batareyasi
Qiyofa
(Elektr akkumulyatorlar batareyasidan yoʻnaltirildi)
Akkumulyatorlar batareyasi elektr akkumulyatorlar batareyasi — kuchlanish, tok kuchi, elektr zaryadi yoki quvvat olish uchun elektrik tutashtirilgan bir turdagi akkumulyatorlar guruhi. Akkumulyatorlar parallel ulanganda Akkumulyatorlar batareyasidagi kuchlanish har qaysi element kuchlanishiga, umumiy elektr zaryad esa alohida akkumulyatorlarning elektr zaryadlari yigʻindisiga teng boʻladi. Ketma-ket ulanganda eyuklar qoʻshiladi. Elektr zaryadi va kuchlanishni kuchaytirish uchun akkumulyatorlar aralash (ham ketma-ket, ham parallel) ulanadi. Bunday akkumulyatorlar batareyasi doimiy tok manbai hisoblanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |