Kontent qismiga oʻtish

Ellie Goulding

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Elli Goldingdan yoʻnaltirildi)
Ellie Goulding
Goulding 2017-yilda
Goulding 2017-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Elena Jane Goulding
30-dekabr 1986-yil (1986-12-30) (37 yosh)
Janrlar
Kasbi
  • Qoʻshiqchi
  • qoʻshiqnavis
Faoliyat yillari 2009 — hozirgacha
Leybllar
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Turmush oʻrtogʻi
Caspar Jopling (turm. 2019)
Taʼlimi Lady Hawkins' maktabi
Kent universiteti
Bolalari 1
Veb-sayt elliegoulding.com

Elena „Ellie“ Jane Goulding (talaffuzi: Yelena Jeyn „Elli“ Golding; 1986-yil 30-dekabrda tugʻilgan) angliyalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavisdir. Uning qoʻshiqchilik faoliyati prodyuserlar — Starsmith va Frankmusik bilan uchrashganidan keyin boshlandi. Goulding 2009-yilning iyulida Polydor Records leybli bilan shartnoma imzolab, An Introduction to Ellie Goulding nomli birinchi mini-albomini chiqardi[1].

2010-yili BBC kompaniyasi eng istiqbolli xonandalarni aniqlash uchun oʻtkazgan soʻrovda Goulding ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻsha yili u „Critics' Choice“ nominatsiyasida Brit mukofoti bilan taqdirlandi. 2010-yilga kelib, Lights nomli ilk studiyaviy albomini eʼlon qildi; albom Buyuk Britaniya albomlar xit-paradida birinchi pogʻonagacha koʻtarildi va Buyuk Britaniyaning oʻzida 850 000 dan ziyod nusxada sotildi. Albom 2010-yilning noyabrida Bright Lights nomi bilan qayta eʼlon qilindi. Mazkur albomga kiritilgan Elton John ijro etgan „Your Song“ qoʻshigʻining kaveri Buyuk Britaniya singllar xit-paradida 2-pogʻonagacha koʻtarildi; „Lights“ taronasi esa AQShning Billboard Hot 100 xit-paradida ikkinchi pogʻonagacha koʻtarilishga muvaffaq boʻldi.

Gouldingning ikkinchi studiyaviy albomi — Halcyon 2012-yilda chiqarildi. „Anything Could Happen“ taronasi albomning asosiy taronasi sifatida eʼlon qilindi. Albom Buyuk Britaniya albomlar xit-paradida avvalboshda 2-pogʻonagani egalladi, 65 haftadan keyin esa eng yuqori pogʻonagacha koʻtarildi. AQShning Billboard 200 xit-paradida esa 9-pogʻonagacha koʻtarildi. 2013-yilda Goulding Halcyon Days albomini eʼlon qildi. Ushbu albomga kiritilgan „Burn“ ashulasi Buyuk Britaniya singllar xit-paradida birinchi pogʻonagacha koʻtarildi. 2014-yilda Goulding „Britaniyalik ayol yakkaxon xonanda“ („British Female Solo Artist“) nominatsiyasida Brit mukofoti bilan taqdirlandi. Goulding 2015-yilda Delirium nomli uchinchi studiyaviy albomini ommaga taqdim etdi. „On My Mind“ qoʻshigʻi albomning asosiy taronasi oʻlaroq chiqarildi. Oʻsha yili Goulding „Love Me like You Do“ ashulasi uchun „Eng yaxshi yakkaxon pop-ijro“ („Best Pop Solo Performance“) nominatsiyasida Grammy mukofotiga nomzod etib koʻrsatildi[2]. Uning toʻrtinchi studiyaviy albomi — Brightest Blue (2020) Buyuk Britaniya albomlar xit-paradida uchinchi pogʻonagacha koʻtarildi hamda Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (Recording Industry Association of America) tomonidan oltin sertifikati bilan taqdirlandi.

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „The BRIT Awards 2013“. 18-fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-fevral 2013-yil.
  2. „58th Annual GRAMMY Awards Nominees“. Grammy.com. Grammy.com. 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-dekabr 2015-yil.