Epifiz
Qiyofa
(Epifiz bezidan yoʻnaltirildi)
Epifiz (yun. — ortiq, doʻmboq):
- miyaning yuqori qismidagi oʻsimta, "gʻuddasimon bez". Odam va umurtqali hayvonlar oraliq miyasining yuqori yuzasida joylashgan. E., asosan, yosh individlarda yaxshi rivojlangan. Eksperimental va klinik kuzatishlar E.ning olib tashlanishi yoki strukturasining oʻzgarishi erta jinsiy yetilishga va anormal oʻsishga sabab boʻlishini koʻrsatadi;
- uzun naysimon hochoq suyaklarning boʻgʻim uchlari. Epifiz yoki gurrasimon bez(glandula pinealis) cho'zinchoq yoki sharsimon shakllarda uchraydi. Epifizda 2 xil modda - serotonin va melotonin hosil bo'ladi. Serotonin arteriyalarni toraytirib, mediator vazifasini bajaradi. Melotonin esa jinsiy bezlar taraqqiyoti uchun fiziologik tormoz vazifasini bajaradi. Epifizning buzilishi bolalarda erta jinsiy balog'atga yetishga olib keladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |